Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Telegram’da suhbatdosh qabul qilib bo‘lgan xabarlarni o‘chirish imkoni paydo bo‘ldi




Telegram messenjerining yangilangan 3.16-versiyasida suhbatdoshga jo‘natilgan, u qabul qilib, o‘qib bo‘lgan xabarni o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda servisning blogida ma’lum qilingan.
Foydalanuvchi endi nafaqat ikki kishilik chatlarda, balki guruh suhbatlaridagi xabarlarini ham o‘chirishi mumkin — ikkinchi holatda foydalanuvchi yo‘llagan xabar konferens-guruhning barcha a’zolarida yo‘qoladi. Yuborilgan xabarni 48 soat ichida o‘chirish mumkin.
 
Avval Telegram’da foydalanuvchi xabarlarni faqat o‘zi uchun o‘chirishi mumkin edi — xabarni qabul qilgan odamda “o‘chirilgan” xabar baribir ko‘rinib turardi. Maxfiy chatlardagi suhbatlarni esa maxsus taymer yordamida avtomatik tarzda o‘chirib tashlaydigan qilib qo‘yish mumkin edi.
 
Xabarlarni o‘chirish funksiyasidan tashqari, muloqot sahifasiga o‘tish uchun yanada qisqaroq havolalardan foydalanish (telegram.me/username o‘rniga t.me/username), shuningdek, sozlamalar bo‘limida dasturdan foydalanish davomida qabul qilingan va uzatilgan trafik haqida ma’lumot olish mumkin bo‘ldi.
 
3-yanvar kuni Telegram messenjeri Android operatsion tizimining eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlashdan voz kechgani ma’lum bo‘ldi (Telegram’chilarning taxminan 1,3 foizi eski Android’dan foydalanadi): endi mobil dasturdan operatsion tizimning faqat 4.0 va undan yuqori versiyalarida foydalanish mumkin bo‘ladi.
 
Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, Telegram’ning 85 foiz foydalanuvchisi Android qurilmalardan foydalanadi.


Manba:daryo.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 5124 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: telegram
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Zur yangi versiya klass yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное