Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Test Natijalari ham e’lon qilindi: Eng yuqori ball hozircha bo‘lajak huquqshunoslarda


O‘zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi saytida e’lon qilingan ma’lumotga qaraganda respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining birinchi kuni – 1 avgust natijalari quyidagicha:

Test sinovlari 23 ta oliy ta’lim muassasalarining 154 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 985 nafar abiturient ishtirok etdi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 223,5.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 176,7 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 142,9;

to‘lov-kontrakt – 123,7 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 223,5 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (rus) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 176,7 ball, Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7708 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Test natijalari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное