Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Tez kunda: «Imkon» — Oilaviy drama!

O’zbek kinoijodkorlari so’nggi 1 oy ichida yana faollashib qolishdi. Bir muddat yangi filmlar katta ekranlarga chiqmaganligidan xabaringiz bor. Mana endi ahamiyat bergan bo’lsangiz, ketma-ket prem’eralar bo’lib o’tmoqda. Mana yana yangi film «Imkon» tez kunlarda katta ekran yuzini ko’radi. 

«Imkon» filmida o’zbek kinosining bir qator taniqli aktyorlari ishtirok etishgan. Mazkur filmda Shahzoda Matchonova, Adiz Rajabov, Matyoqub Matchonov, Barno Qodirova, Nargiza Salmonova, Muyassar Berdiqulova, Baxtiyor Qosimov kabi iste’dodli aktyorlar ansambli jamlangan. Bir ma’lumotni aytib o’tishimiz mumkin, ushbu kinokartina Shahzoda Matchonova ishtirokidagi 2013 yilda ekran yuzini ko’rayotgan ilk kinokartina hisoblanadi. Oilaviy drama janrida suratga olingan mazkur kartina yosh kinorejissor Dilshod Ahmedovning debyut filmi hisoblanadi. Film «Obod turmush yili»ga bag’ishlanadi. Film operatori SB.uz portalining 2013 yilda taqdim etilgan madhiyasi uchun ishlangan klipi operatori Izzat Lutfullaev hisoblanadi. Mazkur film uchun musiqiy bezak Doniyor Agzamov tomonidan bajarilgan. 

 



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5346 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Imkon, Yangi film
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное