Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

“Tezpishar” deb ataladigan chala va xom “Fast food”lar xavflimi?


Yodingizda bo‘lsa, avvalroq musiqaterapiya orqali bir nechta kasalliklarga shifo topish mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashgandik. To‘g‘ri-da, inson o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi lozim. Qanday kiyimlar kiyishi, to‘rt mavsum davomida nimalarga e’tibor berishi, o‘z vaqtida ishlab, o‘z vaqtida dam olishi muhim. Ayniqsa bu to‘g‘ri ovqatlanish tartibi bilan ham bog‘liq.

Hayotimizni “Fast food”, ya’ni tezpishar ovqatlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Darsga yoki ishga shoshayotgan bo‘lsak, ko‘pincha vaqtni tejash maqsadida ushbu yeguliklarni iste’mol qilamiz.

Xo‘sh, Fast food deb atalmish yeguliklarning inson salomatligiga salbiy ta’siri qanday?

Shunga o‘xshash bir necha savollarimizga javob topish maqsadida malakali shifokor, gastrolog Gulnora Toshboyeva bilan suhbatlashdik.

– “Fast food”larning tarkibida qanday zararli moddalar mavjud va ular inson salomatligiga qanchalik xavf tug‘diradi?

– Tezpishar ovqatlar tarkibiga asosan xolesterin, uglevod, tuz, shakar, yog‘ hamda ta’m va rang beruvchi kimyoviy birikmalar bor. Ushbu moddalar esa qandli diabet, gastrit, ortiqcha vazn hamda yurak kasalliklarining kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘ladi.

– Ushbu kasalliklarning kelib chiqishiga asosiy sabab nima?

– “Fast food”larning tayyorlanish jarayoniga ahamiyat beradigan bo‘lsak, ko‘pincha go‘sht mahsulotlari maromiga yetkazib pishirilmaydi. Oshqozon esa uni hazm qilishga qiynaladi. Unda og‘riq paydo bo‘ladi va oshqozon devori zararlanadi. Bunday mahsulotlar tarkibida keragidan ortiq xolesterin va uglevod bo‘lganligi uchun tanada ortiqcha yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi. Bora-bora yog‘ yurak atrofini qoplaydi va uning kasallanishiga olib keladi.

AQShdagi “Heart Association” (“Yurak assosatsiyasi”) professorlari fikriga ko‘ra, yurak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning 35% turli depressiyalar natijasida ushbu kasalikka chalingan bo‘lsa, qolgan 65% iga ortiqcha vazn sabab bo‘lgan.

Organizmga bir kunlik uglevodga bo‘lgan ehtiyoji 160 ml grammni tashkil etadi, biz istemol qiladigan tezpishar ovqatlar tarkibida esa 310 ml gramm uglevod bor.

So‘nggi tajribalardan shu ma’lum bo‘ldiki, “Fast food”lar tarkibidagi kimyoviy moddalar o‘smirlarda uchraydigan husnbuzar va toshmalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Shu bilan birga ushbu ovqat iste’molchilarining 51% da depressiya holatlari kuzatiladi.

– Qaysi yoshdagi odamlarda ushbu kasallikka chalinishga moyillik kuchliroq?

– Oshqozon bilan bog‘liq muammolar ko‘p hollarda o‘smirlar va o‘rta yoshli kishilarda kuzatiladi. Buning asosiy sababi — ish yoki o‘qishlari tufayli noto‘g‘ri ovqatlanish!

Gastrologning fikrlaridan kelib chiqib xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, “Fast food” sog‘lig‘imizga jiddiy zarar yetkazadi!

To‘g‘ri, bunday ovqatlar ham vaqtni ham pulni tejashga katta yordam beradi. Ammo bu narsa salomatligimizdan ustun emas!

Mehrangiz G‘aniyev



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8203 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tezpishar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное