Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

To‘qayev yoppasiga xorijlik ishchilarni olib kelib ishlatishni to‘xtatishni talab qildi

«Ayrim tadbirkorlar xorijlik ishchilar uchun kvotalarni kengaytirish g‘oyasini ilgari surishi to‘g‘ri emas deb hisoblayman. Bu faqat mamlakatda chindan ham tanqis bo‘lgan tor ixtisoslashgan mutaxassislarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Go‘yoki qozog‘istonliklar katta maosh talab qilishi yoki yetarlicha mehnatkash emasligini vaj qilib, ishchilarni yoppasiga chetdan olib kelish zarurligi haqidagi gaplarni bas qilish zarur», dedi To‘qayev juma kuni mamlakatdagi yirik biznesmenlar bilan uchrashuvi chog‘ida.

U «mamlakatda ishga layoqatli fuqarolar, ayniqsa yoshlar yetarli miqdorda» ekanini qayd etgan

“Bunaqa pulga yashab bo‘lmaydi” — To‘qayev

“Milliy daromadlar taqsimotida yaqqol adolatsizlik ko‘rinib turibdi. Xalqaro ekspertlar, shu jumladan KPMGga ko‘ra, Qozog‘istondagi jami boylikning yarmi 162 kishining qo‘lida to‘plangan. Aholining yarmida esa daromadlari 50 ming tengega ham yetmaydi, bu yiliga 1300 dollardan salgina oshiroq degani. Bunaqa pulga yashab bo‘lmaydi, vaziyatni zudlik bilan o‘zgartirish kerak”, deydi Qozog‘iston prezidenti ishbilarmonlar bilan uchrashuvda.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 841 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ishchilarni, xorijlik, talab, yoppasiga, To‘qayev, to‘xtatishni, ishlatishni, olib, qildi, kelib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное