Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Tohir Usmonovdan yangi tarona va klip "Atirgulim"

Istedodli ijodkor Tohir Usmonov navbatdagi ijod mahsulini omma e'tiboriga havola etadi. Yangi tarona "Atirgulim" deb nomlangan bo'lib, muallifi Bobur Umarov. Bu tarona sho'x va kayfiyatni ko'taradigan bo'lib, qaysidir jihatlari bilan "Digi digi" taronasiga o'xshab ketishi ham mumkin. Klipni Nozim Jumayev syujet va trek yo'nalishlarida suratga oldi. Klipni suratga olish jarayoniga 2 oy davomida tayyorgarlik ko'rildi va 5 kun davomida suratga olindi. Chunki bu klipda rejissyor yangi texnikadan foydalandi. Ya'ni masofadan turib boshqariladigan texnologiya bo'lib, operatorlar o'rniga robot operatorlar suratga oldi. Shuning hisobiga ko'p vaqt tayyorgarlik ko'rishga to'g'ri keldi. "Atirgulim" klipida kamchiliklar bo'lishi mumkin. Chunki bu texnika O'zbekistonda birinchi bo'lib Tohir Usmonovning klipida ishlatildi. " Yaxshi niyat-yarim davlat, klip yaxshi chiqishiga umid qilamiz" - deydi xonanda Tohir Usmonov. Klipda ijodkor ko'plab qiyinchiliklarga duch kelgani aniq. Bu klipda Tohir Usmonov 8 xil obrazda namoyon bo'ladi. Sentabr oyi o'rtalarida klip ekran yuzini ko'radi va albatta birinchilardan bo'lib TARONA.NET saytida ko'rib baho berasiz. 




Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2769 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное