Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Qaqnus - Mal De music
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qirolicha - Soundterck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qaqnus - Destiny (korea)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Tolibon” 10 ming kishilik qo'shinni O'zbekiston va Tojikiston chegarasiga joylashtirmoqda

Afg'onistonni nazorat qiluvchi “Tolibon” harakati Tojikiston va O'zbekiston bilan chegaradosh viloyatlarga zamonaviy qurol-yarog' va texnikalar bilan qurollangan 10 ming jangarisini jo'natmoqda. Bu haqda bugun, 14 fevralь kuni “Tolibon” Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig'i Qori Fasihuddin Fitrat ma'lum qildi, deb xabar tarqatgan "Interfaks".


“Mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida joylashtirilgan NATO va AQSh tizimining eng zamonaviy texnologiyalari bilan qurollangan 10 ming kishilik qudratli armiya har qanday qurolli harakatga qarshi chora ko'radi”, degan Fitrat Twitter’da.

Uning ta'kidlashicha, qisqa vaqt ichida harbiy samolyotlar ham ushbu qudratli qo'shinni qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'ladi.

Afg'onistonning shimolidagi Balx viloyati O'zbekiston, shimoli-sharqiy viloyatlari Qunduz, Taxar va Badaxshon, Tojikiston bilan chegaradosh.

Avvalroq O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov "Tolibon"ning Afg'onistondagi hokimiyatini tan olish haqida fikr bildirib, harakat xalqaro hamjamiyatga bergan va'dasi ustidan chiqishi kerakligini aytgandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2199 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tolibon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное