Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Toshkent dizayn kollejining voyaga yetmagan o‘quvchisi avtomobilda YTHga uchrab, ikki kursdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi


Toshkentda voyaga yetmagan o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Dahshatli YTH oqibatida avtomobilda bo‘lgan uch kishidan ikkitasi vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Zoir Islomov ma’lum qildi. 


Gap shundaki, Toshkent dizayn kollejining 2000 yilda tug‘ilgan o‘quvchisi akasiga tegishli Spark rusumli avtomobilni akasining ruxsati bilan haydab chiqqan.

Toshkent dizayn kollejida o‘qiydigan kursdoshlari bilan ketayotgan voyaga yetmagan haydovchi birdan rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi katta daraxt bilan to‘qnashadi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi ham, yo‘lovchilar ham tan jarohati olgan. Yo‘lovchilarning tan jarohati og‘ir bo‘lgani sabab ikkisi ham YTHdan biroz muddat o‘tgach, vafot etgan. 

Mazkur YTH bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “A” bandiga ko‘ra, transport vositasi haydovchisi odam o‘limiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bir yigitchaning avtomobil boshqarishga havasmandligi ortidan ikki oila jondan aziz farzandidan judo bo‘ldi. Bu oilaga ham to‘ylar yarashmasmidi. Xulosa o‘zingizdan.
 


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4997 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yth mart
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное