Toshkent-Olma-ota-Termiz” trassasidan o‘z to‘yiga kelayotgan kelin-kuyov YTH sabab vafot etdi
Kecha, 22 sentabr kuni Qozog‘istonning Chimkent shahri, “Toshkent-Olma-ota-Termiz” trassasida Mercedes-Benz hamda GAZel ishtirokidagi YTHda 4 kishi vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Mercedes-Benz avtomobili ichida o‘zining nikoh kechasiga shoshilayotgan kelin va kuyov, shunindek, har ikkisining guvohlari bo‘lgan.
YTH katta yo‘lda, “Akjol” choyxonasi yaqinida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston chegarasi tomon katta tezlikda kelayotgan Mercedes-Benz mashinasi kutilmaganda silkina boshlagan va yo‘lning chetiga chiqib ketgan. Shu ketishda u zarb bilan yo‘l chetida turgan GAZel avtomashinasiga urilgan. Zarbning kuchliligidan avtomobil bir zumda temir uyumiga aylanib qolgan. GAZel haydovchisi choyxonada bo‘lgani uchun unga zarar yetmagan.
Aytish lozimki, bu 3 kun ichida sodir bo‘lgan uchinchi yo‘l transport hodisasidir.
Bundan avval, 19 sentabr kuni Toshkent trassasida sodir bo‘lgan YTHda 5 kishi, 21 sentabr kuni aynan ushbu trassada ro‘y bergan YTHda esa 2 kishi hayotdan ko‘z yumgandi.