Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent shahrida barpo etilgan «Yakkasaroy» jome masjidining yangi binosida ilk juma namozi ado etildi


O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonhon Alimov 2014 yilning 27 avgust kuni Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” jome masjidiga birinchi g'ishtini qo'yib bergan edi. Shu yilning 16 sentyabr' kuni esa ushbu masjidning yangi binosining ochilishiga tashrif buyurdilar.Toshkent shahridagi qariyb 100 yillik tarihga ega “Yakkasaroy” jome masjidi o'rniga ming nafar namozhonga mo'ljallagan katta jomei barpo etildi. 23 metrga bo'y cho'zgan gumbazli honaqoh devorlari, mehrob o'ziga hos naqshlar bilan bezatilgan. Mohir hattotlar tomonidan mehrob usti va devoriga Qur`oni karim oyatlaridan hamda hadisi shariflarda vorid bo'lgan duolar muhrlangan. Honaqoh yonida 150 kishiga mo'ljallangan kichik honaqoh ham barpo etilgan. Bino gumbazining tashqari tomondan balandligi yuqorisidagi oy ramzi bo'yi bilan 28 metrga, minoraning balandligi esa 31.5 metrni tashkil etadi. Honaqohga uchta sharqona uslubda ko'tarilgan arka orqali kiriladi.Tahorathona binosi ham sharqona uslubda bezatilgan bo'lib, bobolarimizning suv ishlatish borasidagi purhikmat baytlari yozilgan. Shuningdek, masjid hovlisida namoz saflari to'g'ri olinishiga yordam beruvchi chiziqlar yotqizilgan.Qur`oni karimda bunday deyiladi: “Allohning masjidlarini faqat Allohga va ohirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol o'qigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qo'rqqan kishilar obod qilurlar. Aynan o'shalar hidoyat topuvchilardan bo'lishlari mumkin” (Tavba, 18).Demak, masjidlarni obod qilish, ularni ta`mirlash yuksak imon va mustahkam e`tiqod ko'rinishidir. Shukrlar bo'lsinki, istiqlol yillarida bu kabi hayrli ishlar ko'plab amalga oshirilmoqda. “Yakkasaroy” jome masjidi halqimizga hos bo'lgan azaliy an`ana hashar yo'li bilan qurib bitkazildi.O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonhon Alimov bu hayrli ishda ishda ko'makchi bo'lgan barcha insonlarga o'z minnatdorchlik bildirdilar. Shundan so'ng Muftiy hazratlari mav`iza qildi va juma namozini o'qib berdi.Muftiy hazratlari istiqlol yillarida qilingan buyuk ishlar haqida so'zlar ekan, talabalik yillaridagi shu masjid bilan bog'liq ibratli voqealarni esga oldi. Hayr-sahovatning fazilati va Allohning baytiga hizmat qilishdek baht nasib etganiga shukr bildirdi. Masjid qurilishida ishtirok etgan barcha hasharchilarga va shu kabi hayrli ishlarda doimo bosh-qosh bo'lgan O'zbekistonning birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov haqiga hayrli duolar qildi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2838 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jome masjid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное