Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Pazanda - Im Loving You
. Pazanda - Sad Love
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Zerda - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qirolicha - Stakan Version
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent shahrida propiskaga olish nima sababdan to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor bir necha oydan beri Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish istagida bo‘lganlarga rad javobi berilmoqda. Mazkur holat yuzasidan xalq orasida turli savolga sabab bo‘lmoqda.

Masalaga oydinlik kiritish uchun Toshkent shahar hokimiyati va Toshkent shahar ishki ishlar Bosh boshqarmasi Xorijga chiqish-kelish fuqarolik boshqarmasi bilan bog‘langanimizda quyidagicha javob oldik: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012 yil 16 fevral kunidagi 41-sonli, “O‘zbekiston  Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Qarori talablariga ko‘ra, Toshkent shahrida hisobga turish uchun fuqaro kelgan kunidan boshlab besh kun muddatda o‘zi vaqtincha turgan joydagi milisiya tayanch punktiga belgilangan tartibda murojaat etishi belgilab o‘tilgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-sonli Qarori talablariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilayotganligi sababli Toshkent shahar hududida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga olish to‘xtatilgan.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro‘yxatga olish ishlari doimiy ro‘yxatda turish joyidan chiqarmasdan turib, besh kundan olti oygacha muddatga, ta’lim muassasalariga o‘qishga kelganlar uchun esa o‘qish davri tugagunga qadar amalga oshirilar edi. Rasmiy bayonotdan ma’lum bo‘lmoqdaki, yaqin kunlar ichida Qarorning talablari o‘zgarishi mumkin.
Jaloliddin Ravshan


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6243 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Toshkent shahrida propiska
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное