Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Choli Qushi-soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Hayot Sinovlari - Gulim
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent viloyatida odamlarni zaharlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan giyohfurushlik bilan shug‘ullanib kelgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi. Xabarlarga ko‘ra, ulardan taxminiy summasi 25 million so‘mga teng bo‘lgan jami 332,2 gramm geroin va 0,31 gramm gashish noqonuniy giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida olingan. Ushlangan barcha shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.   

Chirchiq shahrida yashovchi Bahromxon S. shartli xaridorlarga, og‘irligi 0,51 gramm bo‘lgan geroin giyohvandlik moddasini 100 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Tadbir davomida uning yonida og‘irligi 0,08 gramm geroin va 0,31 gramm gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari davomida u ushbu vositalarni tanishi Ravshan Yu.dan olganligini ma’lum qiladi.

Shundan so‘ng, Chirchiq shahrida yashovchi Ravshan Yu. shartli mijozga 0,09 gramm geroin giyohvand vositasini 250 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olinadi. Shuningdek, ushlangan shaxs, tadbir davomida ushbu geroinlarni Zafar A.dan olganini ma’lum qiladi. Zafar A. esa, o‘z navbatida, ushbu giyohvandlik vositasini tanishi “Hasan” ismli shaxsdan olganligini aytadi.
Tezkor tadbir davom ettiriladi. Bekobod shahrida yashovchi Hasan P. shartli mijozga og‘irligi 200 gramm bo‘lgan geroin giyohvandlik vositasini 15 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olinadi. Shuningdek, uning boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtomashinasi salonida 131,5 gramm bo‘lgan geroin giyohvandlik vositasi borligi aniqlanadi va ular xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olinadi.
“Mazkur holat yuzasidan, Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ushlangan 4 nafar shaxslarga nisbatan, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan”, deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6224 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zaharlash, Toshkent viloyati
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное