Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 16-sentabr kuni havo harorati +35 darajagacha ko‘tariladi



16-sentabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 16-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +13…+18 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida +15…+20 daraja, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +16…+21 daraja iliq bo‘ladi.
 
Juma kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +16…+21 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +23…+28 daraja iliq, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +27…+32 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +35 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
 
16-sentabrga o‘tar kechasi va 16-sentabr kuni kunduzi Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2299 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное