Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Zerda - Soundtreck
. Jumong-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda 50 dan ortiq internet-kafe rahbariga 20 million so‘m jarima solindi

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari, shu jumladan mobil internetdan foydalanuvchilar soni 2013-yil birinchi kvartalidayoq 10 million 89 mingtani tashkil qilgan edi. Aksariyat telefonlarda umumjahon tarmog‘iga kirish imkoni mavjudligi va har bir tumanda internet-kafelar faoliyat yuritayotganligini hisobga olsak, hozirda bu ko‘rsatkich yanada kattaroq ekanligi tabiiy. Shunday vaziyatda voyaga yetmaganlarning internetdan to‘g‘ri foydalanishlarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega, deb yozadi "Pravda Vostoka” gazetasi sayti.

O‘zbekiston Respublikasining "Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxslar o‘qish vaqtida va tungi paytda ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining kuzatuvisiz internet-kafelarda bo‘lishi mumkin emas. Mazkur me’yorga amal qilinmagan taqdirda ota-ona va internet-kafe muassasasi ma’muriyati tegishli tarzda javobgarlikka tortiladi.

Qonun qabul qilinganidan buyon o‘tgan uch yil muddat mobaynida, garchi qoidabuzarliklar uchrab tursa-da, ahvol ancha yaxshilangan, deyishmoqda huquq-turtibot idoralari xodimlari. Masalan, 2013-yili Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bu borada uch bosqichda 311 ta tadbir o‘tkazdi. Reydlarda profilaktika inspektorlari tomonidan jami 130 nafar bolalarning internet-kafelardan noqonuniy foydalanishi holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar bo‘yicha 50 dan ortiq muassasa rahbarlari jazolandi – ularga jami 20 million so‘mga yaqin jarima belgilandi.

Masalan, o‘tgan yili Chilonzor tumanidagi internet-kafeda tun payti o‘tkazilgan reyd chog‘ida u yerda chiroqlarni o‘chirilganligi, geymerlar virtual o‘yinga kirishib ketganliklari aniqlandi. Ular orasida ikki nafar voyaga yetmagan bola ham bor edi. Muassasaning yoshgina ma’muri bu holatga biron izoh bera olmadi, bolalarning ota-onalaridan so‘ralganida, ular farzandlari uydan chiqib ketganini payqamay qolishganligini aytishdi.

Ba’zan internet-kafe ma’murlari yuqoridagi qonundan umuman bexabarliklarini aytishadi. Hatto ulardan ayrimlari rasman ishlamasdan, ish haqini ham noqonuniy tarzda olishayotgani aniqlanmoqda; bunday hollarda soliq idorasiga xabar qilinib, muassasa rahbari javobgarlikka tortilmoqda.

Tabiiyki, o‘smirlarning o‘qish soatlarida darsga kirmay, internet-kafeda o‘yin o‘ynab o‘tirishlari ko‘p salbiy oqibatlarga olib keladi. Avvalo, ular o‘zlashtirishda orqada qolishadi, qolaversa, virtual olamga bog‘lanib qolib, ruhiyatida salbiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. Bunday holatlarga qarshi kurashish har bir ota-onaning va internet xizmatini taqdim etuvchi muassasa ma’muriyatining burchidir.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2649 | Рейтинг: 0| Рейтинг: internet-kafe
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное