Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda birinchi prezident hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan ko`rgazma ochildi



O`zbekiston Badiiy akademiyasi Toshkent Fotosuratlar uyida mustaqilligimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan fotoko`rgazma hamda uning portretini yaratish bo`yicha ijodiy tanlov natijalariga bag`ishlangan badiiy ko`rgazma ochilgani haqida xabar berdi UzA.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning shu yil 25 yanvardagi «O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to`g`risida»gi qarori ijrosi doirasida o`tkazilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, san`atshunoslar, musavvirlar, jurnalistlar ishtirok etdi.



Fotoko`rgazma va ijodiy tanlov O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sog`liqni saqlash vazirliklari hamkorligida tashkil etildi.

O`zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, O`zbekiston Respublikasi xalq rassomi V.Burmakin va boshqalar o`zining serqirra siyosiy faoliyati bilan Vatanimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish yurt ravnaqi va kelajak avlodning komil insonlar bo`lib ulg`ayishi hamda san`at ahli, xususan, foto va tasviriy san`at yo`nalishlarida izlanayotgan ijodkorlarning ijodiy faolligini oshirish va qo`llab-quvvatlashda muhim ijodiy imkon ekanini ta`kidladi.

Islom Karimov Vatanimizni mustaqil rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Uzoqni ko`ra olish, siyosiy bilimdonlik, olijanob insoniy fazilatlari bilan nafaqat O`zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va obro`-e`tiborga sazovor bo`lgan buyuk shaxs va davlat arbobi Islom Karimovning siymosini yaratish har bir ijodkor uchun katta mas`uliyat va ulkan sharafdir.

Ko`rgazma ekspozisiyasidan joy olgan “Islom Karimov g`allazorda”, “Islom Karimov yoshlar davrasida”, “Said Ahmad va Islom Karimov”, “Islom Karimov san`atkorlar davrasida”, “Islom Karimov harbiylar davrasida”, “Islom Karimov va Vladimir Putin”, “Islom Karimov va Nursulton Nazarboev” kabi qirqqa yaqin saralangan suratlarda Birinchi Prezidentimizning sermazmun hayoti va faoliyati aks etgan.

Ko`rgazma doirasida Birinchi Prezidentimizning portretini yaratish maqsadida joriy yilning 31 iyuliga qadar o`tkazilgan ijodiy tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi ham bo`lib o`tdi.

Tanlov natijalariga ko`ra, birinchi o`ringa O`zbekiston Respublikasi xalq rassomi Bahodir Jalolov sazovor bo`ldi. Ikkinchi o`rin Zebiniso Sharipova va uchinchi o`rin Maqsud Qosimovga nasib etdi.

– Bu ijodiy tanlovga professional rassomlar qatorida havaskor ijodkorlar ham qatnashib, xalqimiz va biz, musavvirlar uchun nihoyatda qadrli va ardoqli bo`lgan Islom Karimov siymosini tasvirlarda berish imkoniga ega bo`ldik, – deydi O`zbekiston Respublikasi xalq rassomi Bahodir Jalolov. – «Qahramon», «Yangi kunni ardoqlab», «Muhabbatdan yuksak muhabbat yo`q», «Yorug`likning tun bilan kurashi» va «O`zi bilan o`zi yuzma-yuz» deb nomlangan chizmalarimda mustaqillik yillarida Islom Karimov va xalqimiz bosib o`tgan sharafli yo`lni falsafiy tasvirlashga urindim. Tanlov g`olibi bo`lganimni buyuk shaxsga chin ma`nodagi mehr-muhabbatim ifodasi, deb bilaman.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3362 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Islom Karimov, foto ko'rgazma, Birinchi Prezident
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное