Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda elektr energiyasini o‘chirish jadvallari e’lon qilindi
Toshkentda elektr energiyasini o‘chirish jadvallari e’lon qilindi 
Toshkent shahrida elektr energiyasi bilan ta’minlovchi past kuchlanishli 6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlariga kiritiladigan cheklash jadvali e’lon qilindi. Bu haqda Hududiy elektr energiya tarmoqlarining Toshkent shahri filiali ma’lum qildi.
“Havo harorati sovushi bilan energiya manbalariga ehtiyoj sezilarli darajada ortib boradi, shu jumladan elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham. Umumenergotizimda katta avariyali holatlar sodir bo‘lishini oldini olish maqsadida dispetcherlik xizmatlari tomonidan iste’mol balansini saqlashga qaratilgan choralar ko‘rilishini taqozo qiladi. Shuningdek, soha xodimlari oldida turgan dolzarb masala aholi va ijtimoiy ob’ektlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘lib, hududlarda bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, elektr energiyasi favqulodda holatlarda tuman hokimliklari bilan kelishilgan holda o‘chiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu cheklov grafigi faqat favqulodda vaziyatlarda, ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida avariya holatlarini oldini olish, iste’mol ortib ketgandagina amal qiladi. Tarmoqlar, podstansiyalarda avariyalar, avariyalarni tiklash, rejaviy ta’mirlash ishlari olib borilganda hamda energotizimda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ushbu cheklov jadvallarida ko‘rsatilgan soatlardagi tarmoqlardan tashqari, qo‘shimcha tarmoqlar o‘chiriladi va bu haqda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar beriladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 676 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qilindi, elektr, Toshkentda, jadvallari, o‘chirish, e’lon, energiyasini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное