Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Toshkentda fransuz kinosi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentdagi Fransiya instituti (avvalgi Viktor Gyugo nomidagi fransuz madaniyati markazi)da fransuz kinosi haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today xabar berdi.

Anons.uz’ning xabar berishicha, ushbu tadbir MyFrench Film Festival onlayn festivali doirasida o‘tkazilmoqda. Tanlovda 10ta to‘la va 10ta qisqa metrajli filmlar ishtirok etyapti. Festival so‘ngida taqdimot marosimi o‘tkazilib, unda joriy yilda rejissor Jan-Pier Jyone boshchilik qilayotgan hakamlar tomonidan 7 ta sovrin o‘z egalariga taqdim etiladi. 

Festival tanlovida qatnashayotgan filmlardan rejissor Sandrin Bonnerning "Men usiz o‘ta g‘azablanaman”, Mark Fitussining "Polina tergov qilmoqda”, Fransua Pironing "G‘ildirakdagi uy” to‘liq metrajli filmlarini hamda 4ta qisqa metrajli kinolarni Fransiya instituti (Toshkent, Zulfiyaxonim-Labzak ko‘chasi, 112-uy)da tomosha qilish mumkin.

Barcha filmlar orginal tilda rus subtitrlar bilan namoyish etiladi. Seanslar aniq vaqti Fransiya instituti saytida berilgan. Kirish bepul. 

Tomoshabinlar yoqtirgan filmlarini belgilab, ularga festival saytida izoh qoldirishlari va ovoz berishlari mumkin.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2233 | Рейтинг: 1| Рейтинг: fransuz kinosi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное