Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Toshkentda qarama-qarshi yo`nalishda avtomobil boshqarib ketayotgan o`zboshimcha haydovchi muhokamalarga sabab bo`lmoqda



Feysbuk” ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylangan navbatdagi video keng muhokama va tanqidlarga sabab bo`lmoqda.

Mazkur videoda haydovchi o`zboshimchalik bilan qarama-qarshi yo`nalishda avtomobilni boshqarib, nafaqat o`zining balki boshqa yo`l qatnov ishtirokchilarning ham hayotini xavfga qo`yayotganini guvohi bo`lish mumkin. 

Haydovchining ushbu harakatlari uning yonidagi sheriklari tomonidan suratga olinayotganini va bu holatdan zavq olayotganliklarini ko`rish mumkin. O`z yo`nalishida kelayotgan haydovchilar mazkur holatga 100% reaksiya qilayotganliklari bois YTH sodir bo`lmagan. Bir yo`nalishda qarama-qarshi yo`lda harakatlanayotgan bu haydovchilar biroz o`tib ortga qayrilib, keyingi yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga tushib olyapti.

Mazkur video ostiga yozilgan izohlarda haydovchilar keskin tanqid ostiga olinmoqda hamda haydovchilarni kuzatuv kameralari orqali topib, ularga qat`iy jazo tayinlanishiga ishonch bildirishmoqda. 

Guvohlarning so`zlariga ko`ra, mazkur holat Shahrisabz ko`chasidan (Grand Mir mehmonxonasidan Geologiya muzeyigacha) 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi sodir bo`lgan. Qoidabuzar avtomobil – oq Spark.


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4065 | Рейтинг: 0| Рейтинг: YTH, Voditeli Tashkenta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное