Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Zerda - Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Jumong-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qaqnus - Mal De music
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Pazanda - Sad Love
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Toshkentda Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan talaba va ikki nafar maktab o‘quvchisi ushlandi

Toshkentda diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan bir talaba va ikki nafar maktab o‘quvchisi ushlandi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, yigitlardan biri Okford universitetining Toshkent shahridagi filiali talabasi (2001-yilda tug‘ilgan), qolgan ikki nafari Namangandagi maktablardan birining o‘quvchisi (2003-yilda tug‘ilgan) hisoblanadi.

Ular Telegram’da kanal ochib, xalqni jihod qilishga va Suriyada qiynalayotganlarga yordam berishga undagan. Ularning har biri o‘z kanallarida 300 ga yaqin obunachi yig‘gan.

Ayblanuvchilar jihod amallarini bajarayotgan, internetdan topgan tanishidan Suriyaga borish tartibi, yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgangan. O‘zbekiston orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borish tartibi, chipta narxini so‘raganlari yozishmalari o‘z tasdig‘ini topgan.

Sud jihodchilikda gumonlangan yigitlarga nisbatan hukm chiqardi. Unga ko‘ra, ulardan biri 5 yil-u 6 oyga, qolgan ikki nafari 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Avvalroq Andijonda “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalari bo‘yicha saboq olayotgan 12 nafar ayol qo‘lga olingani, Samarqandda “Jihodchilar” va “Hizb ut-Tahrir” targ‘ibchilari ushlangani, Farg‘onada 19 yoshli IShID tarafdori qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1198 | Рейтинг: 0| Рейтинг: borib, jangarilar, ushlandi, nafar, Maktab, talaba, Suriyaga, rejalashtirgan, qo‘shilishni, ikki, o‘quvchisi, va, safiga, Toshkentda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное