Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda yangi universitet tashkil etilishi kutilmoqda

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Toshkent materialshunoslik universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, shuningdek, boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ta’lim muassasasining asosiy vazifa va yo‘nalishi etib belgilanadi.
Universitet bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Shu bilan birga, oliygohda ta’limni raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim xizmatlari, vebinarlar, onlayn o‘qitish, “blendedlearning” va boshqa zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, universitet Toshkent shahri Olmazor tumani Mirzo G‘olib ko‘chasi 7a–uy manzilida ochiladi.
Universitetga kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni hamda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida O‘zbekistonning har bir hududida 2021-yil 1-sentabrgacha kamida bittadan nodavlat OTM ochilishi ma’lum qilingan.
Avvalroq Toshkentda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi, poytaxtda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali ochilishi haqida xabar berilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2876 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, yangi, universitet
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное