Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Toshkentda yuk mashinasi o'z og'irligi bilan yangi qurilayotgan yo'ldagi kamchilikni fosh qilib qo'ydi




Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug'bek tumanlarini bog'laydigan yangi yo'l qurilishi davom etmoqda. Ushbu hududda 9 mart kuni noodatiy yo'l transport hodisasi ro'y bergan.

Yunusobod tumani aholisining shahar markaziga chiqishida qulayliklar yaratishi ko'zda tutilgan ushbu yo'l qurilishi vaqtida unda ishtirok etayotgan yuk mashinalaridan biri yo'lning bitgan qismida o'pirilish ro'y berishi oqibatida chuqurlikka tushib qolgan. Bu orqali ushbu uchastkada ishlagan xodimlar mas`uliyatsizlikka yo'l qo'ygani ma`lum bo'lib qoldi. 



Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyev sentabr oyining ikkinchi yarmida, saylovoldi kampaniyasi davomida Toshkent shahrining bir qator tumanlarida bo'lib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik holati bilan bevosita tanishgan, shaharning Yunusobod tumanini Mirzo Ulug'bek tumani bilan bog'laydigan yangi yo'l barpo etish loyihalari bevosita joyida atroflicha muhokama qilingandi.

Uzunligi 1,1 kilometr bo'lgan avtoyo'l Yangi shahar ko'chasidan (Mega Planet savdo markazi) Chinobod mahallasi orqali kabel zavodiga, Bog'ishamol ko'chasigacha ulanadi. 

Yo'lning 510 metrdan iborat bir qismi Bo'zsuv kanali ustidan o'tuvchi ko'prik ko'rinishida bo'ladi. 

Yo'l Navro'z bayrami arafasida ochilishi rejalashtirilgan


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 5383 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yuk mashinasi, Yo'l
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное