Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Angel’s Cafe’dagi yong‘inga kechasi o‘chirilmagan konditsioner sabab bo‘lgan


Toshkentning Afrosiyob ko‘chasida joylashgan Angel’s Cafe’da 2-avgust kuni yuz bergan yong‘in tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda kafe ma’muriyati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inga kechasi yoniq qoldirib ketilgan konditsioner sabab bo‘lgan. Yong‘in oqibatida binonning orqa qismi, Angel’s Drive avtomobilchilari tayyor ovqatlarni olib ketishi uchun mo‘ljallangan tizim olov ichida qolgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Yong‘in tezkorlik bilan o‘chirilgani bois alanga yuqori qavatlarga tarqalmagan. Noxush hodisa sodir bo‘lgan kechadan beri voqea joyidan chiqindilar va yong‘in oqibatida yaroqsiz holga kelgan buyumlarni yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda.

“Binoning ichki interyeriga zarar yetgan, mebellar qurum bilan qoplanganiga qaramay, muassasaning asosiy qismiga shikast yetmagan”, — deyiladi kafe axborotida.

Angel’s Cafe rahbariyati ushbu noqulaylik sabab mijozlaridan uzr va biroz sabr qilishlarini so‘radi. Muassasa tez orada yana tashrif buyuruvchilarni mazali taomlar hamda birinchi darajali servis xizmatlari bilan mamnun etishga va’da berdi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3602 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное