Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

Toshkentdagi Charog’on to’yxonasi to’y egalarini aldamoqda


Davlatimiz tomonidan to’ylarni ixchamlashtirish, ortiqcha dabdaba va sarf-xarajatlarga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda. Namunaviy to’y otkazish maqsadida Poytaxtimizdagi Charog’on to’yxonasida 300 kishilik ixcham to’y o’tkazishni xoxlagan edik. To’yxonaga to’ydan 2 oy avval bordik. To’yxona ma’muri bizga narxlar haqida tushuncha berdi va ozgina belgilangan narxdan arzonlashtirdi. Bizga yoqqan tarafi, to’y bezaklari (oforbleniya) bizda bor, o’zimiz qilib beramiz, sizning to’ydan bir kun avvalgi to’y bezaklari yoqsa o’shani qoldiramiz sizga ham qimmatga tushmaydi, to’y qilayotgan odamga ham qiyin tushunamiz, to’y tugashi bilan dasturxondagi barcha nozu-nematlarni barchasini yeg’ib beramiz kabi so’zlari va svetamuzika bizdan bonus degan gaplar quvontirdi.

To’y kuni yaqinlashgani sari to’yxonaga borib, bezaklar taxminan qancha bo’ladi, deb qiziqdik, to’y kuni kevursin deb aytishdi.

To’yga 5 kun qolganda to’yxonaga to’lov qildik. To’y bezaklarini nima qildik deb so’radim. To’yxona ma’muri to’y marosimlari bo’lib o’tuvchi zalga olib kirdi va kelin-kuyov o’tiradigan saxnadagi bezaklarni ko’rsatib, shunday dedi: Mana sizning to’yingizdan oldin qilingan oforbleniya. Buni egasi bezak uchun 2500$ bergan. Siz maylin shuni yarini 1500$ beraqoling svetamuzikalar sizga bonus dedi. Arzonroq qiling desam unamadi. Noiloj pulni berdik.

To’y kuni keldi. To’y ham o’tdi. To’yxonadagi taomlari, salatlari barchasi ajoyib edi. Eng yomonlari keyin boshlandi.

To’yxona xodimlari bir qancha yeguliklar, salatlar, 2-taom, tovuqlar, va boshqa dasturxondagi maxsulotlarni olib qolib bizga oz qismini berishdi. Shu qolgan taomlar deb. Bizning juda jaxlimiz chiqdi. Ha maylin hudo borku deya ketdik.

Ertasi kuni to’yimizni video tasvirga olgan do’stim, to’yxonadagi bezaklar narxini so’rab qoldi, unga aytganimda juda jaxli chiqib shunday dedi: to’yxona buncha insofsiz hovodan pul topmoqda. Mexnat qilmasdan. Bu bezaklar bir oydan beri turibdiku. Deyarli kunda-kunora o’sha to’yxonaga hizmat bilan boraman do’stim. O’sha bezakni o’ziku. Bular seni aldashibdi, deb qoldi.

O’ylanib qoldim, keyin esa maylin insof bersin, hudo borku deb qo’ya qoldim.

 

Ammo mendan boshqalar bu borada aldanmasliklarini istardim. To’g’ri to’yxona ko’rinishi ajoyib, taomlari mazali, lekin buning o’riniga Mumtoz, Yakkasaroy, Sulton va boshqa koshonalarda bundan ham yaxshi hizmatlarga ega bo’lasiz.

Maslaxatim, to’yxona ma’murining shirin so’zlari, to’y bezaklari o’zimizdan, svetamuzika o’zimizdan kabi gaplariga uchmang. Masalan men Charog’on to’yxonasida 1500$ bir oydan beri turgan bezakning o’ringa yuqorida sanagan to’yxonalarimdan birida to’yni o’tkazib, ko’chadan 300$ ga to’y bezaklarini qildirib, 1200$ ga 2-3 ta birrov aytgan yoki bo’lmasa to’ydan so’ng shu qolgan mablag’ga 5 kunga to’y sayoxatiga bo’rgan bo’lar edim.

Fikr qilib, hulosa chiqarish sizdan aziz o’quvchi. Men sizlarga aytishni lozim topdim. To’g’ri ayrimlar meni so’zlarimga ishongisi kelmas, Charog’onda to’y qilsangiz albatta so’zlarim rost ekanligini bilasiz.

 

Agar sizda ham shunday to’yxonalar haqida biror bir fikr bo’lsa, o’z fikringizni izohlarda qoldiring iltimos.



Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 8143 | Рейтинг: 0| Рейтинг: to'yxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное