Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Titanik-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Pazanda - Soundtrack
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Ishq Jodusi - All I want
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi “Mega Planet”da yong‘in chiqdi. Super market yopib qo‘yildi

Bugun,  28 iyun kuni Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “Mega Planet” savdo majmuasida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in haqidagi xabarlar internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida tarqaldi. Guruh a’zolar xabarlarga yong‘in bilan bog‘liq suratlarni ilova qilishdi. Bundan tashqari, You Tube’ga ham binoning tashqarisidan olingan video joylashtirildi.
 
Videoda savdo majmuasi tepasi qora tutun bilan burkanaganini  aks etgan.   Yong‘in “Mega Planet”ning to‘rtinchi qavatidagi Fast Food’da kelib chiqqani aytilmoqda.  Bunga elektr simlarining bir-biriga qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
 
Jabrlanganlar va jarohat olganlar haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Ma’lumotlarga qaraganda, supermarket yopib qo‘yilgan. Oynavand eshiklarga esa “Tozalik kuni” deb yozib qo‘yilgan.
 
“Qalampir.uz” muxbiri “Mega Planet” majmuasi ma’muriyati bilan bog‘landi. Gashakni ko‘targan xodim, yong‘in chiqqani haqidagi xabarlar rost ekanini, do‘kon ikki soatdan so‘ng yana ochilishini ma’lum qildi.
 
Ma’lumot o‘rnida, Yunusobodning markazida joylashgan mazkur supermarket 2011 yilning 11 dekabrida faoliyatini boshlagan.  Uning birinchi qavatida oziq-ovqat, maishiy texnika va zargalik buyumlari, ikkinchi qavatda ayollar va erkaklar liboslari, uchinchi qavatdan kinoteatr va bolalar o‘yingohlari, to‘rtinchi qavatda esa kafe va restoranlar joylashgan.
Ruslan Sulaymonov


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8504 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mega Planet, yonib ketdi, Toshkentdagi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное