Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi “Sayohat” mehmonxonasida karantinda bo‘lgan erkak to‘rtinchi qavatdan sakrab o‘z joniga qasd qildi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Sayohat” mehmonxonasida fojiali hodisa yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Xabarga ko‘ra, surxondaryolik 31 yashar O.K. 10 avgust kuni soat 10:00 lar chamasida mehmonxonaning 4-qavatidagi xonadan o‘zini pastga tashlab yuborgan va vafot etgan.
O.K. shu yilning 4 avgust kuni charter reys orqali Rossiya Feredatsiyasidan Toshkent shahriga kelgan fuqarolardan bo‘lib, boshqalar qatori u ham karantinga olingan va poytaxtdagi “Sayohat” mehmonxonasining 4-qavatidagi xonalarning biriga joylashtirilgan. Undan “COVID-19” bo‘yicha test olingan, 9 avgust holatiga ham unda infeksiya aniqlanmagan.
Marhum bilan bitta xonada istiqomat qilgan fuqaroning aytishicha, O.K. Rossiyaning Qozon shahrida oila aʼzolari bilan ishlab kelgan. Oxirgi kunlarda u turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi Qozonda qolib ketganidan qattiq siqilib, ruhiyatida salbiy tomonga o‘zgarishlar sezilgani aytiladi. Ruhiy zo‘riqish natijasida o‘zini yomon his qilib yurgan O.K. o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.
Ushbu holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba:zamon.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2955 | Рейтинг: 0| Рейтинг: karantin, o‘z joniga qasd qildi, Toshkent, Erkak, sayohat, to‘rtinchi qavatdan, mehmonxona, sakrab
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное