Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi Talabalar ko‘chasining ta’miri 504 mln so‘mga baholandi. Ta’mirlash ishlari qachon boshlanishi noma’lum




Toshkent Obodonlashtirish bosh boshqarmasi shahardagi eng abgor yo‘llardan birining kapital ta’mirini 504 million so‘mga baholadi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.


Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro bir necha yildan beri juda yomon ahvolda qolayotgan Talabalar ko‘chasidagi yo‘lni ta’mirlashni so‘rab, O‘zbekiston Prezidenti virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

Murojaat shahar hokimiyatiga, u yerdan esa Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga tushirilgan.

Javob xatida mazkur masala ko‘rib chiqilgani, 12 600 kvadrat metr yo‘lni kapital ta’mirlash lozimligi aniqlangani, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bunga 504 million so‘m kerakligi ma’lum qilingan.

Ta’mirlash ishlari qachon boshlanishi va yakunlanishi hozircha noma’lum. Boshqarma vakillari shahar hokimi mablag‘ ajratishi bilan ta’mirlash ishlarini boshlashini bildirgan. Hokim qachon mablag‘ ajratishiga aniqlik kiritilmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3102 | Рейтинг: 0| Рейтинг: talabalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное