Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Toyota savdolar bo‘yicha dunyoda yetakchiligini saqlab qoldi

Toyota Motor avtokorporatsiyasi savdolar hajmi bo‘yicha Volkswagen va General Motors (GM) kompaniyalarini ortda qoldirib, 2015 yilning ilk choragida dunyo avtomobil bozorida o‘z yetakchiligini saqlab qoldi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Toyota’ning yanvar-mart oylaridagi savdolari hajmi 2,5 foizga, ya’ni 2,52 mln dona avtomobilgacha tushib ketdi. Volkswagen birinchi chorakda 2,49 mln dona, GM esa 2,42 mln dona avtomobil sotdi.
Toyota kompaniyasining yo‘ltanlamas modellariga, shu jumladan RAV4 (savdolar 26 foizga oshgan) va Lexus NX modellariga talabning oshishi kompaniyaning AQSh bozoridagi ulushining ko‘payishiga yordam berdi. Bu modellarning yaxshi sotilishi evaziga Toyota’ning AQShdagi savdolari hajmi 10 foizga oshdi.
Manba:kun.uz


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2580 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toyota
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное