Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - True Love
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Pazanda - Soundtrack
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ishq Jodusi-soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Tug‘ilajak bola haqida xabar beruvchi yangi texnologiya yaratildi


Yaxshi bilamizki, bo‘lajak ota-onalar tug‘iladigan bolalarining qandayligi borasida juda qiziqishadi. Ayrimlar tinimsiz shifokor ko‘rigiga qatnashsa, ayrimlar zamonaviy texnologiyalar orqali bu borada ma’lumot olishga urinishadi.

Italiyalik mutaxassislar esa endi, bola tug‘ilishi va uning ona qornidagi hayoti to‘g‘risida ma’lumotlarni bera oladigan yangi texnologiya yaratilganini e’lon qilishdi.

“Time” jurnalida keltirilishicha, innovasion texnologiyalar natijasida, endilikda go‘dak qaysi qo‘lda qulay harakat qilishini uning 18 haftaligidan boshlab aniqlash imkoni yaratilgan.

Bu innovasion texnologiya Italiyaning Paduans universiteti olimlar guruhi tomonidan bir necha yillik izlanishlar davomida yaratilgan bo‘lib, faqatgina joriy yilning dekabr oyida bu haqda xabar qilishdi.

Ularning ma’lum qilishicha, bu kashfiyot chaqaloqlarda, umuman insonlarda kuzatilishi mumkin bo‘lgan depressiya, shezofreniya va autizmning bir necha turlarini to‘xtatishga yordam beradi.

Qaysi qo‘lda qulay harakat qilishga qarab inson miyasining qaysi tarafi faol bo‘lishini aniqlash mumkin ekanligi aytilmoqda.Olimlar tekshiruvlarni 29 nafar go‘dakda, ularning onalari orqali 4D ultra ovoz apparatida aniqlashga ham muvaffaq bo‘lishgan.

Olimlar tomonidan 9 yil mobaynida olib borilgan tekshiruvlar natijasi 89% to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim qilgan. Italiyalik olimlar bu boradagi izlanishlarini davom ettirishlarini ham qo‘shimcha qilishgan.

Nazokat Zokirova



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 7489 | Рейтинг: 0| Рейтинг: texnologiya yaratildi, xabar beruvchi, Tug‘ilajak bola, yangi, haqida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное