Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Qo'rqmas - soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkiya armiyasi Suriyaga kirdi

Turkiya armiyasining tank bo‘linmalari Suriya chegarasini kesib o‘tdi va IShID terrorchi tashkiloti jangarilari joylashgan hududlarga zarba bera boshladi. Tanklardan tashqari, xalqaro koalisiya aviatsiyasi ham mazkur operatsiyaga yordam beradi.  Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.
 
Nashrning yozishicha, 15ga yaqin tank Jarablus shahri tomon harakatlanmoqda. Zirhli texnikalar Suriya sarhadlarini kesib o‘tishdan oldin, mazkur chegaraga yaqin shahardagi IShID makonlariga bir qancha zarbalar berildi. 
 
Turkiya armiyasining Suriyaga kirishiga, kecha, 23 avgust kuni chegara hududlarida joylashgan G‘oziantep va Kilis shaharlariga mazkur arab davlati hududidan ketma-ket bombalar kelib tushgani sabab bo‘ldi. So‘nggi paytlarda, Turkiyaning Suriya bilan chegara hududlari xavfsizligiga tahdidlar ko‘payib borayotgan edi.  Anqara Jarablusni IShID jangarilaridan tozalash uchun Suriya muxolifat kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun “Frot qalqoni” operatsiyasini boshladi.
 
Shu paytgacha, Turkiya Suriya bilan chegarada o‘rnashib olgan terrorchilarga o‘z hududidan zarbalar berib kelayotgan edi.  
Ruslan Sulaymonov


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 10323 | Рейтинг: 0| Рейтинг: TURKIYA, Suriya, armiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное