Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Turkiyada jinsiy qullikda bo`lgan 50 nafar o`zbekistonlik ayol qutqarildi


Turkiyaning Istanbul shahrida polisiya xodimlari tomonidan jinsiy qullikda bo`lgan o`zbekistonlik ayollar qutqarildi. Bu haqda Haberler turk nashri xabar qildi, deb yozadi Sputnik.

Xabarda aytilishicha, polisiya xodimlari katta tezkor operasiya o`tkazgan. Tadbir davomida O`zbekiston va Qirg`izistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug`ullanishga majbur qilgan jinoiy guruh aniqlandi.

Tezkor operasiya bir vaqtning o`zida shaharning 7 ta yirik tumanida o`tkazildi. Polisiya 30 dan ortiq fohishalik xizmatlari ko`rsatilayotgan uyni aniqladi.

«Tezkor tadbir natijasida 85 nafar ayol aniqlandi, ulardan 35 nafari Qirg`iziston fuqarosi, qolganlari — o`zbekistonliklar. Jinoiy guruh a`zolari internet orqali ayollar bilan tanishib, ishqiy yozishmani yo`lga qo`ygan. Keyinchalik turmushga chiqish bahonasi bilan ularni Turkiyaga taklif qilishgan. Kelgan ayollar fohishalik bilan shug`ullanishga majburlangan», — deyilgan xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atildi. Hozirda ayollarni o`z vataniga deportasiya qilish masalasi hal qilinmoqda.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6518 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Jinsiy Qullik, TURKIYA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное