Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkman ayollariga qomatni ko‘z-ko‘z qiluvchi tor ko‘ylak kiyish taqiqlandi


Turkmanistonda ayollar qomatini bo‘rttirib ko‘rsatuvchi tor ko‘ylak kiyish norasmiy tarzda taqiqlandi, deb xabar berdi “Turkmaniston alternativ yangiliklari” portali.

Nashrning xabar berishicha, endidan boshlab ayollar qomatini ko‘z-ko‘z qilmaydigan liboslar kiyishlari lozim. Ko‘ylakning uzunligi yerga tegadigan bo‘lishi, faqatgina oyoq kiyimning uch tomoni ochiq bo‘lishi, yengi esa barmoqlarcha bo‘lishi talab etilmoqda.

“Biz o‘tmishga qaytmoqdamiz. Yoshim 20 da, biroq katta buvim kiygan liboslarni kiyishga majburman”, dedi Ashxobodda yashovchi qizlardan biri.

Go‘zallik salonlarida ham ish qizg‘in. Sariq sochli ayollar sochlarini qora rangga bo‘yashmoqda. Tungi 22.00 dan keyin ko‘chada birga yurgan erkak va ayollar ham qo‘lga olinmoqda. Kechasi erkak va ayolning birga sayr qilishlari uchun nikoh guvohnomasi talab etilmoqda.

Xuquq-tartibot idorasi xodimlari bunday cheklovlar yoshlarni yomon yo‘llarga kiritib ketishdan asrashini ta’kidlashmoqda.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6857 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qiluvchi, tor ko‘ylak, ko‘z-ko‘z, qomat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное