Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkmanistonda mustaqillik kuniga bag‘ishlangan poygada bir chavandoz halok bo‘ldi. Shunga qaramasdan, bayram davom etdi

28-sentabr kuni Axalteke xalqaro ot sporti majmuasida poygalar chog‘ida chavandoz Iqbol Saparov halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Xronika Turkmenistana”.

An’anaviy bayram musobaqalari Turkmaniston mustaqillik kuni sharofati bilan o‘tkazilgan. Ippodromga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham kelgan.

Poyga vaqtida ot qoqilib ketib, ag‘darilib tushgan, chavandoz uning ostida qolgan. Bo‘yin umurtqa pog‘onasi sinishi natijasida o‘lim yuz bergan. Saparov o‘sha kuniyoq dafn qilingan.

Fojiali voqeaga qaramasdan, bayram poygasi davom etgan. Televideniye va bosma matbuot voqea haqida xabar bermagan.

27 yoshli chavandoz yilqichilar sulolasi vakili bo‘lgan. Bir necha yil avval uning oilasiga sayislar uchun qurilgan uydan xonadon sovg‘a qilingan.

Nashr eslatishicha, to‘rt yil avval xuddi shunday vaziyatda yana bir chavandoz ham halok bo‘lgan. Uning ota-onasi norozilik bildirmagan, va bola 5 yoshidan otlarga bog‘lanib qolganini aytib, “shunday o‘lim uning taqdiriga yozilgan ekan”, degan xulosaga kelgan.



Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 778 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Turkmaniston, poygada, Bir, shunga, mustaqillik, davom, Chavandoz, Bayram, bag‘ishlangan, kuniga, etdi, halok bo‘ldi, qaramasdan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное