Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

​Turkmanoboddagi Islom Karimov ko`chasida yodgorlik majmuasi barpo etildi va Birinchi Prezidentimizning byusti o`rnatildi


Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-7 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda Buyuk Yo`lboshchimiz xotirasi abadiylashtirilishini ta`kidlagan edi. Shu maqsadda Turkmanobod shahridagi markaziy ko`chalardan biriga Islom Karimov nomi berildi. Ushbu ko`chada yodgorlik majmuasi barpo etildi va Birinchi Prezidentimizning byusti o`rnatildi. Majmuada O`zbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari aks ettirilgan. Ularning yonidagi granitda Islom Karimovning «Biz qadrlashimiz va yuksaltirishimiz zarur bo`lgan muhim boylik – bu mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro ishonchdir» degan so`zlari o`zbek va turkman tillarida bitilgan.

Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov Buyuk Yo`lboshchimizning ushbu o`gitiga amal qilib, mamlakatlarimiz o`rtasidagi ishonchni mustahkamlab, o`zaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda.

Mazkur yodgorlikning ochilish marosimi bo`ldi.

Islom Karimov buyuk siyosatchi, ulug` davlat arbobi, o`z xalqini jonidan ortiq sevgan vatanparvar inson edi, dedi Gurbanguli Berdimuhamedov. O`zbekistonning yangi hayotida duch kelgan turli muammo va qiyinchiliklarni oqilona engib o`tdi. Butun mintaqa tinchligi va hamkorligiga, jumladan, O`zbekiston bilan Turkmaniston aloqalari rivojiga ulkan hissa qo`shdi. Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish qarzimiz edi. Bugun ushbu vazifani ado etar ekanmiz, u kishining merosini asrashimiz, mamlakatlarimiz o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashimiz zarur.

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirganingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz, dedi Shavkat Mirziyoev. Islom Karimov buyuk davlat arbobi, uzoqni ko`ra oladigan dono siyosatchi, zamonamizning yorqin, ulug` shaxslaridan edi. Mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov O`zbekistonda kuchli davlat barpo etdi, jamiyatimizni demokratiya yo`lidan izchil rivojlantirdi. Shu bilan birga, butun mintaqamizda tinchlik, xavfsizlik va ahillik muhitini yaratishga ulkan hissa qo`shdi. O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasida qaror topgan aloqalar do`stlik, yaxshi qo`shnichilik munosabatlarining namunasiga aylandi.

Prezidentlar Islom Karimov yodgorlik majmuasiga gullar qo`ydilar. Islom Karimov nomidagi ko`cha bo`ylab sayr qildilar, deb yozadi O`zA.

O`zbekiston va Turkmaniston hukumatlari a`zolari, diplomatik korpus, keng jamoatchilik vakillari ham Birinchi Prezidentimiz yodgorligi poyiga gullar qo`ydi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3862 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev, Gurbanguli Berdimuhamedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное