Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Tushda gapirish va qo`rqinchli tush ko`rishga nima sabab bo`ladi?


Mutaxassislarning fikricha, tushda gapirish – umuman zararsiz hodisa, ammo juda kam hollarda u bir qator muammolarni, jumladan, epilepsiya, ya`ni tutqanoqni keltirib chiqarishi mumkin.

Katta yoshdagi kishilar uyqu paytida ko`proq gapirishadi va bu ikki turga bo`linadi. Birinchisi aniq nutq bo`lib, chuqur bo`lmagan uyqu paytida kuzatiladi. Ikkinchisi esa noaniq nutq hisoblanadi va u chuqur uyqu paytida kuzatilishi mumkin.

Kattalar va bolalarning tushda gapirishlari kundalik taassurot va favqulodda hissiyotlar ta`sirida yuzaga kelishi bilan bog`liqdir. Bundan tashqari, qo`rqinchi tush ko`rish ham kundalik og`ir ruhiy kechinmalar natijasida yuzaga kelishi mumkin Ma`lumotlarga qaraganda, doimiy ravishda yomon tush ko`rish salbiy his-tuyg`ularni kuchaytiradi va o`z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin.

Tez-tez qo`rqinchli tush ko`rish va o`z joniga qasd qilishga moyillik o`rtasidagi bog`liqlik olimlar tomonida ancha oldin aniqlangan, ammo uning mexanizmi haligacha noaniqdir. Oksford universiteti ruhshunosi Simon Kayl va uning hammualliflari fikricha, qo`rqinchli tushlar bilvosita odamning hayotdagi mag`lubiyat, umidsizlik va chorasizlik haqidagi o`ylarini kuchaytiradi.

90 nafar ko`ngillilar (ularning barchasida juda chuqur tushkun kayfiyatga uchrash holati kuzatilgan) o`rtasida olib borilgan tadqiqotlar davomida o`zlarining holatlari, o`y-xayollari, tushda asosan nima ko`rishlari haqida so`ralgan.

Ruhshunoslar olingan ma`lumotlarga asoslanib, odamning o`z joniga qasd qilishi qo`rqinchli tush ko`radigan odamlarda ko`proq kuzatilshini (ularning 62 foizi) aniqlashdi. Shu bilan birga, tadqiqotda ishtirok etganlar orasida tush bilan bog`liq muammosi bo`lmagan kishilarda suiqasd haqidagi fikrlar juda kam (20 foiz) kuzatildi.

Tadqiqotchilarning fikricha, qo`rqinchli tush ko`rish odam ruhiyatiga salbiy ta`sir qiladi. Ular hayotdagi og`ir ruhiy zarba natijasida paydo bo`lishi mumkin.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 6148 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tush
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное