Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

To'rt mamlakat Eronni urib tushirilgan Boeing uchun kompensatsiya to'lashdan bosh tortishda aybladi

2020 yil 8 yanvarda Ukraina havo yo'llariga qarashli Boeing 737 samolyoti Tehron aeroportidan havoga ko'tarilganidan so'ng qulab tushgandi. Eron hukumati halokatdan uch kun o'tib, samolyot harbiylar tomonidan tasodifan urib tushirilganini tan olgan.

Eron muzokaralardan qochmoqda va Ukraina havo yo'llari kompaniyasiga qarashli Boeing yo'lovchi samolyoti urib tushirilgani uchun kompensatsiya to'lashdan bosh tortmoqda. Bu haqda Ukraina, Buyuk Britaniya, Kanada va Shvetsiyadan iborat xalqaro guruh vakillari qo'shma bayonotida aytilmoqda.

«So'nggi ikki yil davomidagi sa'y-harakatlarimiz va bu masalani muzokaralar yo'li bilan hal etish uchun urinishlarimizga qaramasdan, xalqaro guruh Eronni muzokaralarga kirishiga ko'ndirish befoydaligini aniqladi»,— deyiladi bayonotda.

Qo'shimcha qilinishicha, xalqaro guruh masalaga xalqaro huquq me'yorlari asosida yechim topishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, guruh a'zolari Eron fuqaroviy va harbiy mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortishni ko'zlamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ukraina havo yo'llariga qarashli Boeing 737 samolyoti 2020 yil 8 yanvarda Tehron aeroportidan havoga ko'tarilganidan so'ng qulab tushgandi. Halokat Eron armiyasi general Qosim Sulaymoniyning o'ldirilishiga javoban AQShning Iroqdagi bazalariga raketa zarbalari bergan chog'da sodir bo'lgan. Eron hukumati halokatdan uch kun o'tib, samolyot harbiylar tomonidan tasodifan urib tushirilganini tan olgan.

Halokat oqibatida 176 kishi — Eron, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Afg'oniston va Ukraina fuqarolari halok bo'lgan.

 

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 779 | Рейтинг: 0| Рейтинг: тўлашдан, мамлакат, уриб, Boeing, бош, учун, тортишда, Эронни, Тўрт, компенсация, айблади, туширилган
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное