Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

U23. O‘zbekistonlik futbolchilar Yaponiya termasini yirik hisobda taslim qilib, yarim finalga yo‘l oldi


Xitoy mezbonligida davom etayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalga birinchi bo‘lib O‘zbekiston terma jamoasi yo‘llanma oldi.

Ravshan Haydarov boshchilik qilayotgan jamoa chorak finalda Yaponiyani imtihondan o‘tkazib, 4:0 hisobida zafar quchdi. Bunga qadar kunchiqar yurt termasi guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunlagan bo‘lsa, O‘zbekiston turnirni Qatardan qabul qilib olingan mag‘lubiyat bilan boshlagandi.

Deyarli bir oy ichida Yaponiya va O‘zbekiston terma jamoalari ikki bor to‘qnash keldi. Tailand mezbonligida o‘tgan M—150 xalqaro turnirining finalida 2:2 hisobi qayd etilgan va o‘zbekistonlik futbolchilar penaltilar seriyasiga ko‘ra zafar quchgandi. Bu safar ular raqibga imkoniyat qoldirmadi.

Yaponiya Osiyo Chempionatiga eng yosh tarkib bilan yetib kelgandi. Ular asosiy maqsad sifatida Tokio—2020 Olimpiadasini olgan bo‘lib, 1997-yildan katta futbolchilarni musobaqaga olib kelmagandi.

Yarim finalda O‘zbekiston termasi Janubiy Koreya va Malayziya juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 23-yanvar kuni Kunshan shahrida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo Chempionati U23

Chorak final

19-yanvar, juma

Yaponiya — O‘zbekiston 0:4

Gollar: Javohir Siddiqov, 31 (0:1). Doston Hamdamov, 34 (0:2). Jasur Yaxshiboyev, 39 (0:3). Jasur Yaxshiboyev, 47 (0:4).

O‘zbekiston: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Aziz G‘aniyev, Odil Hamrobekov (Abdujamol Isroilov, 86), Jasur Yaxshiboyev, Zabihillo O‘rinboyev (Doniyor Narzullayev, 82), Javohir Siddiqov (Bobur Abduxoliqov, 75), Doston Hamdamov,
Dostonbek Tursunov.



Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2492 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonlik futbolchilar, U23
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное