Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

U kastingga kelmagan: “Titanik”da Leonardo Di Kaprio ijro etgan Jek rolini aslida kim o‘ynashi kerak edi? (foto)
“Titanik” filmidagi bosh rol Leonardo Di Kaprioni jahon yulduziga aylantirdi. Biroq, aslida, bu rol uchun boshqa ko‘plab aktyorlar ko‘rib chiqilgan. Ushbu rolning asosiy nomzodlaridan biri hali ham sinovni o‘tkazib yuborganidan afsusda bo‘lishi mumkin.


Leonardo Di Kaprio o‘smirlik davridan beri filmlarda rol o‘ynaydi va u 42 yoshida “Oskar”ni qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, uning hayotidagi eng muhim filmni so‘zsiz “Titanik” deb hisoblash kerak. Aynan shu sabab Leonardo butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarga ega bo‘ldi. U hattoki eng qahri qattiq tomoshabinlarni ham yig‘latdi.

Darvoqe, Jeyms Kameron dastlab Jek Douson rolida Di Kaprioni ko‘rmagan. Suratga olish ishlarining birinchi kunida Leo sahnani qanchalik yaxshi bajargani haqida rejissordan so‘ragan, shunda u: “Bilasanmi, bugun ham seni almashtirishimiz mumkin”, — deb javob bergan.

Jeyms Kameron “Titanik” filmidagi bosh rol uchun bir nechta aktyorlarning nomzodini ko‘rib chiqqan. Biroq ularning barchasi u yoki bu sabablarga ko‘ra kastingdan o‘ta olmagan. Dastlab rejissor Metyu Makkonaxi nomzodi haqida o‘ylab ko‘rgan. Biroq aktyor bu vaqtda deyarli 30 yoshda edi, bu Jek Douson uchun mos kelmagan. Tom Kruzga katta pul tikilgan. Biroq aktyor juda yuqori miqdorda gonorar so‘ragan — bu qiymat hatto o‘sha davrning eng qimmat filmlaridan birini yaratish standartlari bo‘yicha ham bu yuqori bo‘lgan.



Kameron, shuningdek, o‘sha paytda endigina filmlarda rol o‘ynay boshlagan va katta loyihalarda suratga tushmagan Jared Leto nomzodini ham o‘ylab ko‘rgan. Biroq Jared sinovdan o‘tishga kelmagan.



Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2853 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘ynashi, Jek, TITANIK, Foto, Kerak, Aslida, rolini, edi?, Kim, da, kelmagan, ijro etgan, Kasting, Leonardo Di Kaprio
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное