Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ukrainaga ocharchilik xavf solmoqda

Ukrainada inqiroz tufayli 1,5 million odam ochlik balosiga duch keldi. Ulardan 300 nafari oziq-ovqatga o‘ta ehtiyojmand va tezkor yordamga muhtoj.
Ushbu ma’lumotlar BMT saytida e’lon qilingan Jahon oziq-ovqat dasturi bayonotida ma’lum qilindi.
Jahon oziq-ovqat dasturi 2016 yilning birinchi yarmida hudud aholisining deyarli 270 ming nafariga yordam ko‘rsatishni rejalashtirgan. 2014 yil noyabr oyidan boshlab BMT agentligi yarim milliondan ortiq odamni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlagan.
2016 yil birinchi kvartal yakuniga ko‘ra, Ukraina tashkilotdan oziq-ovqat mahsulotlari so‘ragan va qabul qilgan yagona Yevropa mamlakati bo‘ldi.
Ukraina hududining yarmidan oshig‘i dehqonchilik qilish mumkin bo‘lgan yerlardir. Ushbu tabiiy afzalikka qaramay, sovet davridan so‘ng Ukrainaning qishloq xo‘jalik sektori keskin susayib ketdi. Yangi mingyillikning boshlanishida IYaM ko‘rsatkichining o‘sishi bu susayishni qisman qoplab turdi, lekin 2000-yillar oxirida jahon iqtisodiy inqirozi ta’sirida keskin pasayish boshlandi.
Bayonotda keltirilishicha, Ukraina aholisi qisqarib bormoqda — 1991 yili mustaqillikka erishganidan buyon 6 million nafardan ortiq odamga kamaygan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3286 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xavf solmoqda, Ukraina, ocharchilik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное