Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Ulug‘bek Qodirov kino bo‘yicha partnyorlarini “sevishi”ni aytdi

Kinoaktyor suratga tushirilayotgan kartina bo‘yicha partnyorlarini “sevishi”ni, aks holda rol ishonarli chiqmasligini ta’kidladi. Uning bu so‘zlari “Darakchi” gazetasiga berilgan intervyusida keltirildi.
“Suratga olish jarayonida “sevaman”, albatta. Yo‘qsa, obrazim ishonarli chiqmaydi, - ta’kidladi u. – Xarakter holatiga moslashishni institutda o‘rganganmiz. Har qanday holatga xarakteridan kelib chiqib kirisha olamiz. Balki aktyorlik bo‘yicha tahsil olmaganlarda oshiq obrazi ishonarli chiqmas. Lekin bu borada kerakli bilimi bo‘lgan, ustoz va sahna ko‘rgan aktyorlar partnyorlarini sevish kerak bo‘lsa, sevadi, nafratlanish kerak bo‘lsa, yomon ko‘radi”.
Shu bilan birga, bu holat uning oilaviy hayotiga ta’sir ko‘rsatmasligini, “sevgi” sahnadan real hayotga ko‘chmasligini ta’kidladi:
“His etish faqat s’yomka jarayonida bo‘ladi. Suratga olish ishlari yakunlangach esa yana o‘z holimga qaytaman. Tasavvur qilayapsizmi, agar s’yomkadan keyin ham partnyorlarimni sevib yuraversam... Bu menga to‘g‘ri kelmaydi. Rolga kirib, undan chiqa olish usuli aktyorlar biladigan sir”.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8389 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ulug‘bek Qodirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное