Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

ULUG‘BEK QODIROV SEVIB QOLDI!?

So‘nggi mish mishlarga qaraganda Ulug‘bek Qodirov jodugar qizni sevib qolibdi... Ishonmaysizmi? Nailoj, tez kunlarda bunga guvoh bo‘lasiz. Ulug‘bekday kelishgan va zabardast yigitni boshini aylantirgan o‘sha uddaburon qiz kim ekan deya o‘zingizga savol berayotgandirsiz? Albatta bu Lolada. Ular yana birgalikda navbatdagi filmga xamkorlikda birga suratga tushishdi. Ushbu filmning nomi "Jodugar” deb nomlanadi. Lola ushbu filmda ijobiy ma’nodagi jodugar obrazini talqin etdi. "Yondiradi kuydiradi” filmida ham Ulug‘bek bilan Lolani birga ko‘rgan tomoshabinlar ushbu filmda butkul o‘zgacha obrazlarda ko‘rishlari mumkin. Axir ushbu film mistik drama janrida suratga olindi. "Yondiradi kuydiradi” filmida lolani badavlat xonadonning erkatoy qizi sifatida ko‘rgandingiz. Bu safar esa Lola tabib qiz obrazida gavdalanadi. U tabib sifatida xamma insonlarni da’volaydi. Uning noyob qobiliyatidan atrofdagi insonlar xayratga tushishadi. Ulug‘bek Qodirov esa bemor yigit rolini ijro etdi. Lola uni nafaqat tabobat bilan balki sof muhabbati bilan ham da’volaydi. Xullas, yilning eng shov shuvli filmi sifatida e’tirof etilayotgan ushbu filmni tez kunlarda yurtimiz kinoteatrlarida kutib olamiz. Shuningdek filmda Yayra Abdullayeva, Otabek Musaev, Tohir Saidovlar ham ishtirok etishgan. Film rejissyori Liza Karali. Filmning ssenariy muallifi Nodira Mahmudova. Film prodyusseri esa Ruslan Mirzaev. Operator Umid Malikov. Ushbu filmda Lolani yangi qirralari ochilgan deydi film rejissyori.

"Majrux” xamda "Yondiradi kuydiradi” filmi ijodkorlarining navbatdagi tuhfasi ham odatdagidek ommabop bo‘lishiga ishonamiz.   



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 18295 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tarona, Sevgi, Ulug'bek Qodirov, Mish-mish, MUXABBAT
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное