Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ulug‘bek Rahmatullayevning konsert dasturi haqida batafsil



Elimiz suygan xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” nomli konsert dasturi start ham oldi. Dasturning ilk kuni a’lo darajada bo‘lib o‘tdi desak yanglishmaymiz. Xonanda bu yilgi konsert dasturiga katta tayyorgarlik olib borganini dasturni kuzatib bilib olish qiyin emas. Konsertda 10 dan ortiq yangi qo‘shiqlar, muxlislar kutgan xit taronalar ijro etildi.




Bu yil konsertda ijro etilgan qo‘shiqlar ilk jarangidayoq muxlislarni qalbidan chuqur joy egalladi. Endi ular bu taronalarni intiqlik bilan kutishlari aniq. Dastur ikki qismni o‘z ichiga oldi. Birinchi qismda 10 tarona, ikkinchisida esa 11 ta qo‘shiq ijro etildi. Bu kompozitsiyalar ichida 11 ta qo‘shiq yangi ijod mahsullaridandir. Shuningdek, konsertda xonanda Shahzoda bilan birga ijro etgan dueti ham jarang sochdi. Dastur davomida Shukurillo Isroilovning hazil-mutoyibalari tomoshabinlarga yaxshi kayfiyat ulashdi. Konsert davomida kuylangan qo‘shiqlardan muxlislar yig‘ladilar, kuldilar, raqsga tushdilar. Xonandaga rahmatlar aytib, ijodi yanada yuksaklarga ko‘tarilishini tiladilar. Konsert homiylari tomonidan tayyorlangan sovg‘alar ham muxlislar orasidan o‘zining baxtli egalarini topdi. Dasturning ilk kunida Shahzoda, Jahongir Poziljonov, Shohruhxon, Abdurashid Yo‘ldoshev, Manzura, Alisher Uzoqov, Javlon Shodmonov, Doston Ubaydullayev, Dilso‘z tashrif buyurishdi.




Oldinda yana 4 kun davom etadigan konsert dasturi turibdi. Biz xonandaga dasturning qolgan kunlarini ham yaxshi kayfiyatda o‘tkazib olishlarini tilaymiz. Omad yor bo‘lsin.




 
 
 


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3047 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ulug‘bek Rahmatullayev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное