Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Umarjon Shamsiyev

Umarjon Shamsiyev

 Men Shamsiyev Umarjon Axmadjonovich 1985-yil 24-fevralda xizmatchi oilasida dunyoga keldim. 1992-yil Toshkent shahridagi Vohid Zohidov nomidagi 146-maktabga 1-sinfga qabul qilindim. 1996-yilda shu maktabni 4-sinfini bitirib, shu yili Gler nomidagi musiqa maktabiga kirib 5-sinfdan shu maktabda o'qishni davom ettirdim. Rubob - prima bo'yicha taxsil oldim. Musiqa bo'yicha bo'lgan tanlovlarda qatnashib faxrli o'rinlarni qo'lga kiritganman. 

    2003-yil Gler nomidagi musiqa maktabini muvafaqqiyatli bitirib shu yil O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini ovoz rejissorligi fakultetiga 1-kursga qabul qilindim.

2007-yil O'zbekiston Davlat Konservatoriyasini muvafaqqiyatli tugatdim.

Ijodimni qo'shiqchi bo'lib 2002-yil "Joziba" guruhida boshladim. Ushbu guruhda 2-yil davomida faoliyatimni davom ettirdim.

2004-yildan to shu bugungacha yakkaxon xonanda sifatida faoliyatimni davom ettiryapman.

Ilk qo'shig'im "Hayolimda", "Yoshlikdagi sevgilim", "Sen o'zing", "Eslaysanmu?" qo'shiqlaridir.

Ijodimni "Yondi-Yondi", "Boraman", "Ona qadri", "Yurtim", "Ajoyib", "Ne foyda", "So'ra-so'ra" qo'shiqlari bilan davom ettirdim.

2010-yil ilk duet qo'shig'imni Iroda Iraliyeva bilan birga kuyladim. Qo'shiq nomi "Qarab-qarab". 2011-yilni "Sensiz" nomli qo'shiqni muxlislarimizga sovg'a bilan boshladim.

Yana xalqimizga, muxlislarimizga yangi-yangi qo'shiqlar yozish niyatlarim bor.

Oila a'zolarim:

Otam Shamsiyev Axmadjon Maxamadradjabovich 1959-yilda tug'ilgan. "Besh yog'och" dehqon bozorida rais muovini vazifasida xazmat qiladi.

Onam Shamsiyeva Arofat Xalimovna 1959-yilda tug'ilgan. 19-oilaviy poliklinikada tibbiyot hodimi vazifasida xizmat qiladi.

Akam Shamsiyev Azizjon Axmadjonovich 1981-yilda tug'ilgan. Sozanda.

Akam Shamsiyev Azimjon Axmadjonovich 1982-yilda tug'ilgan. Chegarachi qo'shinlarida sozanda vazifasida xizmat qiladi.

Ukam Shamsiyev Umidjon Axmadjonovich 1990-yilda tug'ilgan. Sozanda.

2008-yil 7-mayda Shamsiyeva Madina Rustamovna bilan turmush qilganmiz. Uy bekasi

Farzandim Shamsiyev Usmonjon Umarjonovich 2010-yil 5-yanvarga tug'ilgan.

 



Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 5318 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное