Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

UMS Toshkentda 4G LTE’ni tijoriy foydalanishga kiritdi

UMS’ning 4G LTE tarmog‘i butun poytaxtni qamrab oldi, texnologiya binolar ichiga eng yaxshi kirib borish qobiliyatiga ega 800 MGs (Band 20) chastotasida ishlamoqda, tarmoqdan foydalanish uchun esa abonentlar qo‘shimcha shart va to‘lovlarga duch kelmaydi.

Tarmoq LTE 2500—2700 tarmoqlaridan ko‘ra to‘rt baravar kengroq qamrovga va binolarning ichiga eng yaxshi kirib borish xususiyatiga ega, O‘zbekiston uchun noyob bo‘lgan 800 MGs (Band 20) chastotada faoliyat yuritadi. Bunday xususiyat evaziga UMS 4G LTE butun Toshkent shahrini qamrab olgan holda ishlaydi.O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan hamda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi Sammiti oldidan UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori 2016-yil 20-iyun kuni 4G LTE – “to‘rtinchi avlod” mobil internetini Toshkent shahrida ishga tushirdi.

4G LTE tarmog‘ida abonentlar mobil qurilmalaridan HD-videolarni ko‘rishlari, katta hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olishlari va yuklashlari, internetdagi “og‘ir” fayllar bilan ishlashlari, vebinar va videokonferensiyalarda ishtirok etishlari, ya’ni yuqori tezlikni hamda aloqaning a’lo sifatini talab etuvchi harakatlarni bajarishlari mumkin. Ma’lumot almashinuvining eng yuqori tezligi 70 Mbit/s gacha yetishi mumkin.

4G LTE’dan foydalanish uchun abonentlarning mobil qurilmalari va 4G USB-modemlari LTE 800 standartida ishlashi shart. Amaldagi CS Fallback (CSFB) texnologiyasi yordamida ma’lumotlar almashinuvi 4G LTE kanali orqali, kiruvchi/chiquvchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlar esa 3G yoki 2G tarmoqlari orqali amalga oshiriladi. Bu abonentga doimo aloqada qolishga yordam beradi.

Talablarga mos aloqa operatori maqomini tanlagan holda UMS 4G LTE mobil internetidan foydalanishning eng qulay va oson yo‘lini taqdim etmoqda. Abonentlar *222# USSD-buyrug‘i yordamida “4G LTE tarmog‘iga kirish” bepul xizmatini yoqish orqali tarmoqqa kirishlari mumkin. Narxlash shartlari 3G tarmog‘i bilan bir xil bo‘ladi.

— Yuqori tezlikdagi internetning respublika yirik shaharlari va aholi punktlariga kirib borishini rivojlantirish – UMS mobil operatorining ustuvor vazifalaridan biridir. Kompaniya tomonidan “to‘rtinchi avlod” tarmog‘ining Toshkent shahrida ishga tushirilishi internetga yuqori tezlikda va mustahkam tarzda kirishni ta’minlaydi hamda aholining zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi uchun keng yo‘l ochib beradi. Keyinchalik UMS LTE tarmog‘i O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ishga tushiriladi, — deya ta’kidladi UMS MChJ Bosh direktori Dmitriy Nagorniy.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan



Manba:Daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2600 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UMS Toshkentda 4G LTE’ni tijoriy fo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное