Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Urganchdagi chiqindixonadan chaqaloq murdasi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda yangi tug‘ilgan chaqaloq chiqindiga tashlab ketilgani aytilgan video tarqaldi. Xorazm viloyati prokuraturasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2022-yil 1-yanvar kuni Urganch shahar Amir Temur va Gurlan ko‘chalari o‘rtasida joylashgan chiqindi tashlash joyidan o‘lik holatda, yetilmagan, qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Xorazm filialining 2-sonli xulosasida shaxsi noma’lum qiz jinsiga mansub chaqaloqning o‘limiga yetilmaganlik va hayotga layoqatsizlik sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.

Shuningdek, ekspert xulosasiga ko‘ra, chaqaloq ona qornida 5,5—6 oy yashagan bo‘lishi mumkinligi, chaqaloq murdasida tan jarohatlari aniqlanmagani, chaqaloqning murdasidan olingan qon va homila yo‘ldoshida homiladorlikni jarrohlik aralashuvisiz erta tugatishda qo‘llaniladigan sintetik preparat “mifepriston” dori vositasi qoldiqlari topilgan.

Tekshiruv davomida chaqaloqning onasi aniqlanmagan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv Urganch shahar prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda, tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Avvalroq Farg‘onada 20 yoshli qiz ko‘chadan chaqaloq topib olganini aytib IIBga murojaat qilgani, surishtiruv natijasida chaqaloqni uning o‘zi dunyoga keltirgani aniqlangani haqida xabar berilgandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1651 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chaqaloq, topildi, murdasi, chiqindixonadan, Urganchdagi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное