Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Pazanda - Im Loving You
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Titanik-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Uychi tumani hokimligiga tegishli Nexia-3 auksionda 3 ming dollarga sotildi. G‘olib — hokim haydovchisi

 
Namangan viloyati Uychi tumani hokimligiga tegishli 2017-yilda ishlab chiqarilgan Nexia-3 avtomashinasi auksionda 33,3 million so‘mga sotildi.Tuman hokimligi davlat raqami 50 092 DAV bo‘lgan Nexia-3 ning boshlang‘ich qiymatini 30,03 million so‘m etib belgilagan. Auksion savdosi 20 daqiqa davom etgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, avtomobilni Maxamadjon Badalov sotib olgan.Shundan so‘ng “Uychilikmiz” Telegram kanaliga “Uychi tuman hokimligi 3000 dollarga Nexia-3 avtomobili sotib yuboradigan darajada ahmoqmi?” sarlavhali post joylashtirildi. Unda aytilishicha, auksion savdo turi tanlovgacha yopiq bo‘lib, keyinchalik “ochiq”qa o‘zgartirib qo‘yilgan. Auksionda ishtirok etish uchun 3 nafar talabgor ariza topshirgan.Tuman hokimligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, tanlov g‘olibi Maxamadjon Badalov tuman hokimi haydovchisi bo‘lib ishlaydi.

 
Bundan tashqari, Uychi tuman hokimligining bildirishicha, budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolarda sotilishi belgilangan.

Biroq tuman hokimligi bu talabni buzib, avtomobilni “Regionlararo mulk markazi” MChJ Namangan viloyati filialining ochiq savdolariga qo‘ygan.

“Hozirda mazkur avtotransport vositasini ‘Regionlararo mulk markazi’ MChJ Namangan viloyati filialida ochiq savdolarda sotish yuzasidan tuzilgan shartnomani haqiqiy emas, deb topish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritish choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi tuman hokimligi rasmiy munosabatida.

Qayd etilishicha, avtomobil ayni vaqtda tuman hokimligining hovlisida saqlanmoqda.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1312 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hokim, g‘olib, haydovchisi, dollar, Nexia-3, auksionda, tegishli, hokimligiga, tuman, sotildi, 3 ming, Uychi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное