Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qo'rqmas - soundtreck
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ayol Qalbi - True Love
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Pazanda - Soundtrack
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Zerda - Soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uyda tayyorlash mumkin bo‘lgan 6 mazali Muzqaymoq

Yozning jaziramali kunlarida jonimizga oro kiradigan va salqinlik baxsh etadigan muzqaymoqlarni hamma birdek sevib iste’mol qilsa kerak. Biroq, ularni uy sharoitida ham tayyorlash mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi. Quyida uy sharoitida tayyorlanadigan 6 xil mazali muzqaymoqlarning reseptlarini keltirib o‘tamiz
Sutli-tvorogli muzqaymoq
Kerakli masalliqlar: 
125 gramm yog‘siz tvorog
2 ta tuxum
1 stakan sut (yog‘lilik darajasi 1%)
2 dona qulupnay
Ta’bga ko‘ra vanilinli shakar
Tayyorlash jarayoni:
Blenderda qulupnayni maydalaymiz. Tuxum oqini sarig‘idan ajrattib olamiz. Tuxum oqini ko‘pik holiga kelgunicha ko‘pirtiramiz.
Vanilinli shakar qo‘shamiz va ko‘pirtirishda davom etamiz,sekin-asta bir xil massa hosild bo‘lgunicha tvorrog va sutni qo‘shib boramiz.
Tuxum sarig‘ini qo‘shamiz va yana ko‘pirtiramiz. Hosil bo‘lgan massaga qulupnayni solamiz. Muzqaymoqni to‘la qotguniga qadar muzlatgichning muzxonasiga solib qo‘yamiz. Bunda 3 soat ichida har 30 daqiqada uni aralashtirib turamiz. 
Malinali eskimo
Kerakli masalliqlar:
300 gramm malina
1 stakan yogurt (uncha yog‘li bo‘lmagan)
Ta’bga ko‘ra shakar
Tayyorlash jarayoni:
Malinani yuvib, quritamiz. Unga shakar qo‘shamiz va bo‘tqa hosil bo‘lguniga qadar blenderda maydalaymiz. Yogurtni qo‘shamiz va yana aralashtiramiz. Tayyor massani bir marta ishlatishga mo‘ljallangan stakanlarga solamiz va muzlatgichaga qo‘yamiz. Massani har soatda bir marta aralashtirib turamiz. To‘liq muzlab bo‘lmagan muzqaymoq haqiqiy eskimoga o‘xshashi uchun unga cho‘pchalar tiqib chiqamiz.
Bananli muzqaymoq
Kerakli masalliqlar:
2 ta banan
5 gramm maydalangan dolchin
100 ml yogurt (yog‘lilik darajasi 2 foizdan oshmasligi kerak)
Ta’bga ko‘ra shakar 
Tayyorlash jarayoni:
Bananni bo‘laklarga bo‘lamiz. Ularni muzlatgichning muzxonasiga 1-1,5 soatga qo‘yamiz. Bir muddat vaqt o‘tgach, banan, yogurt, shakar va dolchinni blenderda bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiramiz. Tayyor bo‘lgan massani to‘la muzlagunicha muzlatgichga qo‘yamiz.
Olmali sorbet
Kerakli masalliqlar:
2 ta olma
1/4 limon
1 choy qoshiq asal
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
Tayyorlash jarayoni:
Olmani po‘stidan tozalab olamiz, bo‘laklarga bo‘lib, yumshagunicha qaynatamiz. Olmani sovutib, uni blenderda maydalaymiz. 
Asalga limon sharbati va dolchinni qo‘shamiz.
Olmali massani asal va limonli massa bilan aralashtiramiz.
Sorbetni idishlarga solib, muzxonaga 1 soatga qo‘yamiz.
Mevali muz
Kerakli masalliqlar:
1 ta kivi
3 dona qulupnay
1 ta o‘rik
2 stakan ko‘k choy
Ta’bga ko‘ra shakar
Tayyorlash jarayoni:
Mevalarni mayda bo‘laklarga bo‘lamiz va ularni qoliplarga solib chiqamiz.
Ko‘k choyga shakar qo‘shamiz va sovutamiz. Maxsus qoliplarga choyni solamiz, unga mevalarni solib aralashtiramiz va muzxonaga 1-2 soatga qo‘yamiz.
Muzqaymoqni dasturxonga tortishdan avval uni qolipdan ajratib olamiz.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 10210 | Рейтинг: 0| Рейтинг: muzqaymoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное