Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Im Loving You
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Ayol Qalbi - True Love
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Uyga telefon liniyasi orqali kirib kelgan internet tezligi optik tolali liniya tezligiga tenglashishi mumkin

Bir o‘ylab ko‘ring-a, butunjahon internet tarmog‘iga uyingizdagi telefon liniyasi orqali optik tolali tarmoq tezligida ulana olasiz. Bu shunchaki xomxayol emas, balki yaqin kelajakda amalga oshishi mumkin bo‘lgan G.Fast yechimidir. Bu simli tarmoq vositasida ajoyib internet tezligini ta’minlash bo‘yicha yangi texnologiya hisoblanadi. 
Ammo hozircha G.Fast (Ji fast)ga oid ko‘plab savollar ochiq qolmoqda: Undan qachon foydalanish mumkin bo‘ladi? Undan kimlar foydalana oladi va qanchaga tushadi va hokazo.  
16 may kuni esa, u qanchalik tez bo‘ladi, degan boshqa bir savolga javob berildi. "Juda ham tez bo‘ladi", degan Isroilning chiplar ishlab chiqaruvchisi Sckipio. Uning e’lon qilishicha, G.Fast yechimi ma’lumotni yuklash va yuklab olish tezligini bir vaqtning o‘zida soniyasiga 750 megabitgacha ta’minlay oladi. Bu uyingizga kirib kelgan hozirgi simli internet tarmog‘idan kamida 50 marta tez deganidir. 
Ammo xulosa qilishga shoshilmang, bu hali hammasi emas. Yaqin yillarda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi avlod chiplari yuqoridagi raqamni 2 martaga oshirish imkonini beradi.
"Ha, bu ham lof emas, - degan Sckipio. - Bu soniyasiga 1.5 gigabaytni anglatadi va bugungi kunda Google’ning optik tolali internet tarmog‘i taklifidan ham tezroqdir".
Aytish joizki, tasvirlarning 4K o‘lchami paydo bo‘lgach, internet o‘yinlari va boshqa yuqori o‘lchamli tasviriy ma’lumotlarni juda katta tezlikda yuborish va yuklab olishga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Ammo hozirgi kunda mavjud texnologiyalar bir vaqtning o‘zida soniyasiga 750 megabit tezlikda yuklab olish va jo‘natish imkonini bermaydi.


Manba:kun.uz
Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2996 | Рейтинг: 1| Рейтинг: telefon, Internet, uy, optik tola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное