Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. TisMarHan-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Uzbekistan Airways Express Namangandan Rossiyaning 8 ta shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airways Farg‘ona vodiysi shaharlaridan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar amalga oshirish uchun “Sharqiy” xab tashkil etadi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Loyihaga ko‘ra, aviakompaniya mintaqadan Rossiya va Farg‘ona vodiysi aholisi orasida mashhur bo‘lgan uzoq xorij shaharlariga yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish maqsadida Namangan va Farg‘ona shaharlarining xalqaro aeroportlaridan foydalanadi.

2022-yilning 31-yanvaridan boshlab Uzbekistan Airways Express havo kemalarida Full Economy (to‘liq iqtisodiy sinf) tamoyili asosida Namangandan Rossiyaning Moskva, Perm, Samara, Omsk, Orenburg, Irkutsk, Krasnodar va Yekaterinburg shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlanadi. Talab oshgani sayin, Namangandan yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirish ham ko‘rib chiqiladi.

Hozirgi vaqtda Farg‘ona shahar xalqaro aeroportidan Moskva, Qozon va Istanbulga aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda. Bu “Sharqiy” xab tashkil etilishining birinchi bosqichi bolib xizmat qildi. “Sharqiy” xabni rivojlantirishning ikkinchi bosqichi yakunlanib, Namangandan parvozlarni amalga oshirish boshlangandan so‘ng, Uzbekistan Airways uchinchi bosqichga — Farg‘ona shahridan parvozlar sonini ko‘paytirish, shuningdek Farg‘ona xalqaro aeroportidan yo‘nalish tarmog‘ini kengaytirishga o‘tadi. Shu bilan birga, Farg‘onadan parvozlar faqat klassik (biznes va iqtisodiy sinflar) aviaqatnovlar asosida tashkil etiladi.

Avvalroq Namangan va Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish boshlangani, Namangan xalqaro aeroportidan Novosibirsk va Qozonga aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilayotgani xabar qilingandi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 898 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo‘lga, parvozlarni, Uzbekistan, Airways, Express, shahriga, qo‘yadi, Rossiyaning, ta, Namangandan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное