Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

UZCARDning yangi xizmat turi ishga tushdi


Foydalanuvchilar ma’lumotlari maxfiyligi va elektron to‘lov tizimlari ishonchliligini ta’minlash elektron tijoratni rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Shu bois, UZCARD banklararo to‘lov tizimi tomonidan “Sms-xabarnoma xizmatini masofaviy o‘chirish – STOP 1” yangi xizmat turi ishlab chiqildi.

“UZCARD” tizimidan ma’lum qilishlaricha, so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tizimining rasmiy kanallari orqali plastik to‘lov karta egalaridan mobil ilovalarga ulangan sms-xabarnomani ma’lum muddatga o‘chirib qo‘yishga oid ko‘plab savollar kelib tushgan.

Ma’lumki, agar mijoz 3 oy mobaynida mobil telefonidan foydalanmasa, uyali aloqa kompaniyasi uning raqamini avtomatik tarzda bloklaydi va uning telefon raqamini yangi sohibga beradi. Agar raqamning birinchi egasi o‘z plastik kartasini mobil ilovalariga yuklab olgan bo‘lsa, raqamning yangi egasi ham yuklangan kartadan foydalana oladimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy albatta. Bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida “UZCARD” mutaxassislari tomonidan “Sms-xabarnoma xizmatini masofaviy o‘chirish – STOP 1” yangi xizmat turi ishlab chiqildi.

Endi mobil operatorlar uzoq vaqt ishlatilmagan raqamni bloklash jarayonida raqamni yangi mijozga berishdan oldin “UZCARD” tizimiga mobil raqam to‘g‘risida ma’lumot yuboradi va sms-xabarnomani o‘chirishni so‘raydi. Shundan so‘ng, “sms-xabarnoma” xizmati o‘chiriladi. O‘z navbatida, to‘lov ilovalariga foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini oshirish talab etilmoqda. Eng avvalo, ular mobil telefon raqamining yangi egasi raqamning oldingi foydalanuvchisi mablag‘laridan foydalanmasligi uchun unga tegishli barcha ma’lumotlarni butunlay tozalashi zarur.

“Sms-xabarnoma xizmatini masofaviy o‘chirish – STOP 1” xizmatining joriy qilinishi karta foydalanuvchilari mablag‘larining xavfsiz saqlanishini ta’minlaydi va mobil telefon raqami yangi mijozga berilganda, u oldingi raqam egasiga tegishli bo‘lgan maxfiy ma’lumotlardan foydalana olmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5687 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Uzcard
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное