Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

UZMOBILE bilan yangi imkoniyatlar sari!

GSM va CDMA tarmoqlarida mobil aloqa taqdim etuvchi O‘zbekistondagi yagona operator — UZMOBILE o‘z abonetlarini Yangi yil arafasida quvonchli xabarlar bilan xushnud etmoqda! Tarmoqni rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, aloqa qamrash darajasini yaxshilash mobil aloqa milliy operatorining maqsadidir.
Bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, dekabr oyida UZMOBILE GSM tarmog‘ida keng imkoniyatlar yaratuvchi Pre-paid billing tizimi to‘liq ishga tushirildi. Yangi Pre-paid billing tizimida abonentlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratildi desa, mubolag‘a bo‘lmaydi. Endi UZMOBILE GSM abonentlari bir vaqtning o‘zida bir necha Internet-paketlarni xarid qilishlari, balans hisobi nol bo‘lganda ham aloqada qolish imkoniga ega, ya’ni, kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlar hamda xarid qilingan internet-paketlar trafikidan foydalanishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda, balans holati haqida aniq ma’lumotni istalgan vaqtda olish (*100#) va qulay USSD-menyu (*111#) orqali tarif rejasini almashtirish imkoni mavjud bo‘ldi.
UZMOBILE GSM tarmog‘ida yuqori tezlikdagi Internet xizmatini taqdim etib kelmoqda. Mijozlarga yanada ko‘proq qulayliklar taqdim etish maqsadida katta hajmliInternet-paketlarining amal qilish muddati uzaytirildi. GSM tarmoq abonentlari endi 1200 Mb, 2400 Mb, 6000 Mb, 12 000 Mb hajmli Internet-paketlaridan 90 kun muddatda foydalanishlari mumkin. Shu bilan bir qatorda GSM tarmog‘i abonentlari uchun yangi — “Qabul qilinmagan qo‘ng‘iroqlar” va “Tarmoqda” qo‘shimcha xizmatlari kiritilib, 2016-yil 29-fevraliga qadar barcha abonentlar bu xizmatlardan bepul foydalanishlari mumkin. “Qabul qilinmagan qo‘ng‘iroqlar” xizmati yordamida abonentlar telefon o‘chiq yoki tarmoqdan tashqari bo‘lgan hollarda qabul qilinmagan qo‘ng‘iroqlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin. “Tarmoqda” qo‘shimcha xizmati esa UZMOBILE mijoziga abonent qo‘ng‘iroq uchun mavjud ekanligi haqida SMS-xabarnoma yo‘llaydi.

GSM tarmog‘ini takomillashtirish bilan bir qatorda CDMA tarmog‘ini rivojlanitish ishlari olib borilmoqda. Xususan, CDMA tarmog‘iga ulangan yangi abonentlar uchun “Yangi yilga UZMOBILE bilan” aksiyasini e’lon qildi. Aksiyaga asosan, joriy yilning 30-dekabrdan 2016-yil 29-fevraliga qadar jismoniy shaxslar uchun “Statsionar 500” hamda yuridik shaxslar uchun “Korporativ 500” tarif rejalariga ulangan yangi abonentlar 2016-yil 29-fevralga qadar sifatli aloqadan bepul foydalana oladi. Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida, “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida CDMA standartida ishlaydigan bir qator mobil hamda statsionar telefonlarini harid qilish imkoniyati mavjud.
UZMOBILE — yangi imkoniyatlarga shaxdam qadam tashlovchi, diyorimiz — O‘zbekistonning mobil aloqa milliy operatori!
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan


Manba:daryo.uz
Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 4602 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UzMobile GSM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное